TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30187 1.23K
Ohangaron shahrida yangi avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yildi

Prezidentimizning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosi doirasida hududlarda jamoat transporti xizmatlarini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun qulay va zamonaviy transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda, Ohangaron shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar uchun qulayliklarni kengaytirish maqsadida yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Yangi avtobuslar SHI-1 “6-son maktab – 4-kichik nohiya (halqa)” yo‘nalishida brutto shartnoma asosida muntazam yo‘lovchi tashish xizmatini amalga oshiradi.

Yangi avtobuslarni yo‘nalishga chiqarish marosimida Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Abdusattarov hamda Toshkent viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i T. Ergashev ishtirok etdi.


Yangi avtobuslarning qatnovga chiqarilishi Ohangaron shahri aholisi uchun jamoat transportidan foydalanishda qo‘shimcha qulaylik yaratib, transport xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


В городе Ахангаран запущено движение новых автобусов

В рамках исполнения постановления Президента от 16 февраля 2023 года № ПП-59 особое внимание уделяется развитию услуг общественного транспорта в регионах, налаживанию удобных и современных транспортных услуг для пассажиров.

С этой целью, для повышения качества услуг общественного транспорта, оказываемых населению в городе Ахангаран, а также расширения удобств для пассажиров, запущено движение новых автобусов.

Новые автобусы будут осуществлять регулярные пассажирские перевозки по маршруту ШИ-1 "Школа № 6 – 4-й микрорайон (кольцевой) " на основе брутто-контракта.

В церемонии вывода новых автобусов на маршрут приняли участие первый заместитель хокима города Ахангаран Ш. Абдусаттаров и начальник Управления транспорта Ташкентской области Т. Эргашев.


Вывод на маршрут новых автобусов создаст дополнительные удобства для жителей города Ахангаран при пользовании общественным транспортом и послужит повышению качества и эффективности транспортных услуг.

 🚀Тelegram |🔵Facebook |📷Instagram |🎬YouTubе |🎰Linkedin |
More from @mintrans_uz
  1. Oct 2, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan…
  2. Oct 2, 2026☄️YANGI TARTIB — OGOH BO‘LING! Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazorat ku…
  3. Oct 2, 2026🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekis…
  4. Oct 2, 2026Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash: Toshkent viloyatida qo‘shma reydlar Transport nazora…
  5. Oct 2, 2026Namanganda zamonaviy avtobuslar soni 130 taga yetdi Namangan shahrida jamoat transporti ti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →