TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30185 946
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash: Toshkent viloyatida qo‘shma reydlar

Transport nazorati inspeksiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat bo‘limi, Inspeksiyaning Avtomobil transportida nazorat Toshkent viloyati hududiy bo‘limi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida Toshkent viloyati hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtotransport vositalari haydovchilari faoliyati yuzasidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi — yo‘lovchi tashish sohasida qonuniy faoliyat yuritishni ta’minlash, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, tegishli ruxsat va hujjatlarsiz faoliyat yuritish holatlarining oldini olish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishdan iborat.

Reyd davomida yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalarining tegishli hujjatlari, haydovchilarning qonuniy faoliyat yuritishi, yo‘lovchi tashish qoidalariga rioya etilishi hamda o‘rganildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilib, haydovchi va tashuvchilarga amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.


Bunday qo‘shma nazorat tadbirlari yo‘lovchi tashish sohasida qonuniylikni ta’minlash, aholiga xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, yashirin iqtisodiyotning oldini olish borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


Борьба с теневой экономикой: совместные рейды в Ташкентской области

Сотрудниками Отдела комплаенс-контроля по противодействию коррупции Инспекции по надзору в сфере транспорта, Ташкентского областного территориального управления по контролю на автомобильном транспорте, Службы безопасности дорожного движения и Налоговой инспекции проведены совместные рейдовые мероприятия по проверке деятельности водителей автотранспортных средств, осуществляющих пассажирские перевозки на территории Ташкентской области.

Основная цель мероприятий — обеспечение законности в сфере пассажирских перевозок, контроль за соблюдением требований действующего законодательства, предотвращение случаев осуществления деятельности без соответствующих разрешений и документов, а также борьба с теневой экономикой.

В ходе рейда были проверены соответствующие документы пассажирских автотранспортных средств, законность деятельности водителей, а также соблюдение правил перевозки пассажиров.

По выявленным фактам правонарушений в установленном порядке приняты соответствующие меры, водителям и перевозчикам даны разъяснения касательно требований действующего законодательства.


Подобные совместные контрольные мероприятия служат обеспечению законности в сфере пассажирских перевозок, предоставлению населению безопасных и качественных транспортных услуг, а также дальнейшему укреплению сотрудничества в предотвращении теневой экономики.

 🚀Тelegram |🔵Facebook |📷Instagram |🎬YouTubе |🎰Linkedin |
More from @mintrans_uz
  1. Oct 2, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan…
  2. Oct 2, 2026☄️YANGI TARTIB — OGOH BO‘LING! Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazorat ku…
  3. Oct 2, 2026Ohangaron shahrida yangi avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yildi Prezidentimizning 2023-yil 16-…
  4. Oct 2, 2026🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekis…
  5. Oct 2, 2026Namanganda zamonaviy avtobuslar soni 130 taga yetdi Namangan shahrida jamoat transporti ti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →