TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #28825 3.33K
MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA!

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida elektron ruxsatnoma blankalari (E-permit) tizimi “so‘rovga binoan berish” tamoyili asosida ishlashga o‘tkazildi.

❗️Shu o‘rinda milliy tashuvchilardan ruxsatnomalar uchun arizalarni faqatgina aniq rejalashtirilgan yuk tashuvi mavjud bo‘lganda va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib topshirishingizni so‘raymiz.

Ruxsatnomalarni zaruratsiz yoki “zaxiraga” olib qo‘yish bilan bog‘liq holatlar belgilangan kvotadan asossiz foydalanishga va boshqa tashuvchilarning imkoniyatlarini cheklashga sabab bo‘ladi.

⚠️ Ariza topshirishda Xitoy Xalq Respublikasi hududiga kirish va undan chiqish uchun o‘tkazish punktlari aniq hamda to‘g‘ri ko‘rsatilishi zarur. Tashuvchilar yuk tashishning belgilangan qoidalariga, arizada ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga va XXR hududida bo‘lish tartibiga qat’iy rioya etishlari shart.

Ikki mamlakat hududida tashuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar tegishli inspeksiya xizmatlari tomonidan qayd etib boriladi. Huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, tizim tashuvchiga keyingi elektron ruxsatnomalarni berishni avtomatik ravishda cheklaydi.


Amaliyotga joriy etilgan mazkur yangi tizim ish faoliyatida ayrim texnik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.

Texnik xatoliklar yuzaga kelgan taqdirda, tashuvchining nomi, transport vositasining davlat raqami yoki ariza raqamini ko‘rsatgan holda, bu haqda zudlik bilan xabar berishingizni so‘raymiz. Bu mutaxassislarga xatolik sababini tezda aniqlash va nosozlikni bartaraf etishga imkon beradi.


ВНИМАНИЮ НАЦИОНАЛЬНЫХ ПЕРЕВОЗЧИКОВ!

Система электронных разрешительных бланков (E-permit) в сфере международных автомобильных грузоперевозок с Китайской Народной Республикой переведена на работу по принципу "выдача по запросу".

❗️В связи с этим просим национальных перевозчиков подавать заявки на разрешения только при наличии конкретной запланированной перевозки и исходя из реальной потребности.

Получение разрешений без необходимости или "про запас" приводит к необоснованному использованию установленной квоты и ограничивает возможности других перевозчиков.

⚠️ При подаче заявки необходимо четко и правильно указывать пункты пропуска для въезда на территорию Китайской Народной Республики и выезда с нее. Перевозчики обязаны строго соблюдать установленные правила перевозки грузов, следовать по маршруту, указанному в заявке, и придерживаться порядка пребывания на территории КНР.

Правонарушения, допущенные перевозчиками на территории двух стран, будут фиксироваться соответствующими инспекционными службами. В случае выявления правонарушения система автоматически ограничит выдачу последующих электронных разрешений данному перевозчику.


В работе внедряемой новой системы могут возникать некоторые технические сбои.

В случае возникновения технических неисправностей просим вас незамедлительно сообщать о них, указав наименование перевозчика, государственный регистрационный номер транспортного средства или номер заявки. Это позволит специалистам оперативно определить причину ошибки и устранить неисправность.
More from @mintrans_uz
  1. Sep 22, 2026#ОПРОС 🚌 Опрос населения по оценке качества услуг общественного транспорта города Ташкент…
  2. Sep 22, 2026#SOʻROVNOMA 🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi…
  3. Sep 22, 2026🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezid…
  4. Sep 21, 202622-sentabr — "Xalqaro avtomobilsiz kun" Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Tr…
  5. Sep 21, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yu…
  6. Sep 21, 2026🚅 Temir yo‘l va metropoliten mashinistlari uchun tegishli guvohnomalarni berishning yangi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →