TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #28148 1.63K
O‘zbekiston–Latviya o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha hamkorlik yanada kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o‘rtasidagi Avtomobil transporti bo‘yicha Qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama va tranzit avtomobil tashuvlarini rivojlantirish, ruxsatnoma tizimini takomillashtirish, O‘zbekistonning ECMT(Yevropa transport vazirlari konferensiyasi) ko‘p tomonlama ruxsatnoma tizimiga qo‘shilishi, AETR (Xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlarining ishiga oid Yevropa bitimi) talablarini amalga oshirish, avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda chegara nazorati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston milliy tashuvchilari uchun qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari ajratilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu ruxsatnomalar 2026-yil 10-avgustga qadar tayyorlanib, xalqaro tashuvchilarga taqdim etiladi.

Shuningdek, tomonlar 2027-yil uchun ruxsatnoma blankalari kvotasini ikki barobar oshirish bo‘yicha ham kelishib oldilar. Bu esa milliy tashuvchilarning Latviya va Yevropa Ittifoqi davlatlari yo‘nalishidagi xalqaro yuk tashuvlari imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.


Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro avtomobil transporti sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, sohani raqamlashtirish ishlarini izchil davom ettirish va o‘zaro konstruktiv muloqotni saqlab qolishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.


Укрепляется сотрудничество между Узбекистаном и Латвией в сфере международных автомобильных перевозок

Состоялось очередное заседание Совместной комиссии по автомобильному транспорту между Республикой Узбекистан и Латвийской Республикой.

В ходе встречи были обсуждены актуальные вопросы, связанные с развитием двусторонних и транзитных автомобильных перевозок между двумя странами, совершенствованием разрешительной системы, присоединением Узбекистана к многосторонней системе разрешений ЕКМТ (Европейская конференция министров транспорта), реализацией требований ЕСТР (Европейское соглашение, касающееся работы экипажей транспортных средств, производящих международные автомобильные перевозки), техническим осмотром автотранспортных средств и пограничным контролем.

По итогам переговоров достигнута договоренность о выделении дополнительных бланков разрешений для национальных перевозчиков Узбекистана. Эти разрешения будут подготовлены и предоставлены международным перевозчикам до 10 августа 2026 года.

Кроме того, стороны договорились об увеличении квоты на бланки разрешений на 2027 год в два раза. Это послужит дальнейшему расширению возможностей национальных перевозчиков по осуществлению международных грузоперевозок в направлении Латвии и стран Европейского Союза.


По итогам встречи стороны подтвердили готовность к дальнейшему укреплению сотрудничества в сфере международных автомобильных перевозок, последовательному продолжению работы по цифровизации отрасли и поддержанию конструктивного диалога.
More from @mintrans_uz
  1. Sep 23, 2026Xitoy bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keyingi qadamlari belgilan…
  2. Sep 23, 2026“O‘ztemiryo‘lkonteyner” 50 ta yangi 40 futlik High Cube konteynerlarini qabul qilib oldi Y…
  3. Sep 23, 2026Pekinda Global barqaror transport forumi bo‘lib o‘tmoqda O‘zbekiston Respublikasi Transpor…
  4. Sep 23, 2026Transport sohasi uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foyd…
  5. Sep 23, 2026🚌 Namanganda yangi elektrobuslar yo‘lga chiqariladi Namangan viloyatida jamoat transporti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →