TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #29947 7.43K
Pekinda Global barqaror transport forumi bo‘lib o‘tmoqda
 
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov joriy yil 22–23-sentabr kunlari Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Global barqaror transport forumi (Global Sustainable Transport Forum — GSTF) da ishtirok etdi.
 
Forumda transport tizimlarini barqaror rivojlantirish, xalqaro transport-logistika aloqalarining o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish, xavfsiz va samarali transport tizimlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
 
Shuningdek, “yashil” transportga o‘tish, transport sohasida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, transport infratuzilmasini transformatsiya qilish hamda aholi uchun transport xizmatlaridan teng va keng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Forum doirasida Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi bo‘yicha yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Unda yo‘lak bo‘ylab joylashgan davlatlarning hukumat va transport sohasi mas’ullari, xalqaro tashkilotlar hamda yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
 
Uchrashuvda Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi Osiyo va Yevropani bog‘lovchi muhim transport koridori sifatida uning salohiyatini yanada oshirish, infratuzilmani rivojlantirish, transport jarayonlarini raqamlashtirish va tashuvlar samaradorligini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
 
Shuningdek, temir yo‘l va avtomobil tashuvlarini yengillashtirish, portlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, bojxona rasmiylashtiruvini takomillashtirish, multimodal tashuvlarni rivojlantirish va logistika xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
 
В Пекине проходит Глобальный форум устойчивого транспорта

Министр транспорта Республики Узбекистан Илхом Махкамов принял участие в Глобальном форуме устойчивого транспорта (Global Sustainable Transport Forum – GSTF), прошедшем в Пекине 22-23 сентября текущего года.

На форуме обсуждались вопросы устойчивого развития транспортных систем, усиления взаимосвязанности международных транспортно-логистических связей, формирования безопасных и эффективных транспортных систем.

Особое внимание было уделено вопросам перехода на "зеленый" транспорт, использования искусственного интеллекта и современных технологий в сфере транспорта, трансформации транспортной инфраструктуры, а также обеспечения равного и широкого доступа населения к транспортным услугам.

Также в рамках Форума состоялась встреча высокого уровня по Транскаспийскому международному транспортному коридору.

В ней приняли участие официальные лица правительств и транспортной сферы стран, расположенных вдоль коридора, представители международных организаций и крупных компаний.

На встрече обсуждались вопросы дальнейшего повышения потенциала Транскаспийского международного транспортного коридора как важного транспортного маршрута, связывающего Азию и Европу, развития инфраструктуры, цифровизации транспортных процессов и повышения эффективности перевозок.

Особое внимание было уделено направлениям сотрудничества по облегчению железнодорожных и автомобильных перевозок, эффективному использованию возможностей портов, совершенствованию таможенного оформления, развитию мультимодальных перевозок и снижению логистических издержек.

 
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
More from @mintrans_uz
  1. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida paxta yetishtirish jarayo…
  2. Sep 23, 2026🇺🇿🇪🇺O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha ustuvor isl…
  3. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi parrandachilik klasteri faoliyati bilan t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →