TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
MINENERGY.UZ

MINENERGY.UZ

@minenergy_uz

Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil: Yangi Toshkent markazi, Energetika vazirligi koʻchasi, 22-bino
Subscribers
27.1K
Photos
14.1K
Videos
3.9K
Links
10.2K
Recent Posts 13 shown
Post #21194 1.9K
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida investitsiya loyihalari tanlovi yangi tartibda amalga oshiriladi

 
Prezident farmoniga asosan, yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi istiqbolli investitsiya loyihalari rejasi ishlab chiqiladi va ular bo‘yicha tanlov hujjatlari tayyorlanadi.
 
Yangi tartibga ko‘ra, tasdiqlangan Strategik reja asosida Regulyator va Vazirlik tomonidan har yili noyabr oyiga qadar keyingi uch yilga mo‘ljallangan istiqbolli investitsiya loyihalari rejasi — Investitsiya rejasi ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
 
Unda har bir loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, amalga oshirish tamoyillari, moliyalashtirish manbalari, talab etiladigan yer maydoni va infratuzilmaga oid ma’lumotlar aks ettiriladi. Investitsiya rejasi har yili yakuniga qadar tasdiqlanadi va e’lon qilinadi.
 
Rejaga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tanlov hujjatlari buyurtmachi yoki davlat sherigi tomonidan, zarur hollarda mahalliy va xalqaro loyiha institutlari jalb etilgan holda tayyorlanadi hamda ochiq e’lon qilinadi. Loyiha tashabbuskori tanlov asosida aniqlanadi, zarur yer maydonlari esa qonunchilikka muvofiq ajratiladi.
 
Bunda buyurtmachi yoki davlat sherigi investitsiyalarni o‘zlashtirish, loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish va ishga tushirish uchun mas’ul hisoblanadi.
 
Shuningdek, investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish, loyihalar uchun individual imtiyoz va preferensiyalar berish hamda Investitsiya rejasiga kiritilmagan loyihalarni boshlash taqiqlanadi.
 
Bundan tashqari, loyiha-smeta hujjatlarini parallel ishlab chiqish hamda moliyalashtirish bilan bir vaqtda qurilish yoki rekonstruksiya ishlarini boshlashga (xususiy investitsiyalar hisobidan quriladigan obyektlar bundan mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21193 2.9K
#jarayon

“Asaka” gaz to‘ldirish shoxobchasida modernizatsiya ishlari boshlandi

Prezidentimizning 2026-yil 12-sentyabrdagi PQ-326-son qarori ijrosi doirasida “Asaka” gaz to‘ldirish shoxobchasini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi.

Loyiha doirasida shoxobchaning suyultirilgan gazni saqlash va quyish quvvatlarini sezilarli darajada oshirish, qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish hamda aholiga gaz yetkazib berish muddatlarini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21192 3.09K
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoqilg‘i-energiya resurslariga bo‘lgan talab har yili uch yillik davr uchun prognoz qilinadi
 
Farmon bilan, respublika iste’molchilarini yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni rivojlantirish rejasi har yili yangilab boriladi.
 
Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi va Regulyator bilan birgalikda har yili avgust oyiga qadar tarmoqlar va hududlar kesimida yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabning keyingi uch yillik prognozini ishlab chiqadi.
 
Ushbu prognoz asosida Vazirlik va Regulyator tomonidan har yili sentyabr oyiga qadar iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha uch yillik rivojlantirish rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
 
Talab prognozlari va mazkur strategik reja har yili oktyabr oyiga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21191 4.27K
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi

 
Farmonga asosan, 2026-yil yakuniga qadar iste’molchilarni 2050-yilgacha yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
 
Konsepsiyada hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan uzoq muddatli ehtiyoji, mavjud resurslar salohiyati, aholi soni va hududlarning ixtisoslashuvi kabi omillar inobatga olinadi.
 
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya saqlash tizimlari va atom energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish hamda yangi avlod energetika texnologiyalariga bosqichma-bosqich o‘tishning uzoq muddatli istiqbollari belgilanadi.
 
Konsepsiya har 5 yilda yangilab boriladi. Bu orqali iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash, mamlakatning energetika xavfsizligi va mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli yondashuv shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21189 24.9K
Bugun soat 05:05 da Sirdaryo viloyatida joylashgan EDF kompaniyasiga tegishli yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy o‘chdi.

Ma’lumot uchun, mazkur stansiya yangi qurilgan bo‘lib, ayni vaqtda unda sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Stansiyaning avariyaviy o‘chishi natijasida avariyaga qarshi avtomatika ishlab, respublikaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzildi. Asosan qishloq xo‘jaligi suv nasoslari va aholi iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.

Hozirgi vaqtda elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarning barchasi tarmoqqa qayta ulandi.

Elektr ta’minotini tiklash jarayonida energiya saqlash tizimlaridagi hamda elektr stansiyalaridagi zaxira quvvatlar ishga tushirilib, iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa ulandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21188 4.6K
Sanoat o‘sishi bilan energiyaga talab ham ortib borayotgani, viloyatdan o‘tgan daryo va kanallar bu borada katta zaxira ekani ta’kidlandi.

Andijonning gidroenergetika salohiyati 200 megavattni tashkil etadi. Bu yiliga 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Hozirning o‘zida umumiy quvvati 44 megavatt bo‘lgan kichik va mikro GESlar qurishga 400 nafar talabgor bor. GES turbinalarini ishlab chiqarish ham viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yilgan.

Ikki yillik dastur asosida mikro GESlarni tayyor holda qurib, tadbirkorlarga lizingga berishni boshlash, qulay moliyaviy mexanizmlarni joriy etish topshirildi. Betonlashtirilishi rejalashtirilgan 81 kilometr kanallarda GESlar kaskadini qurish ko‘zda tutiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21182 4.21K
⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz”.

Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor”.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21181 5.05K
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i yanada rivojlantiriladi

Prezidentimizning 2026-yil 22-sentyabrda “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–202-son Farmoni qabul qilindi.
 
Farmonga ko‘ra, Energetika vazirligi (Vazirlik) tomonidan yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari va iste’molchilariga shartnomaviy, xizmat ko‘rsatish va boshqa xo‘jalik munosabatlari bo‘yicha individual tusdagi ruxsatnomalar berish amaliyoti bekor qilinadi.
 
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (Regulyator) zimmasiga elektr energiyasi bilan bir qatorda tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotida bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda tartibga solish vazifalari yuklatiladi.
 
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (Inspeksiya) qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga qaratilgan preventiv nazorat modeliga asoslangan vazifalar yuklatiladi.
 
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari tegishliligi bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, uzatish, taqsimlash, yetkazib berish va sotish bo‘yicha xo‘jalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirish vazifasini bajaradi.
 
2027-yil 1-iyuldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida Yoqilg‘i-energetika sohasida idoralararo tarif komissiyasining yagona raqamli platformasi (Raqamli platforma) joriy etiladi.
 
Bunda Raqamli platforma orqali:
 
🤓faoliyati tartibga solinadigan korxonalar tomonidan tarif buyurtmalari hamda tariflarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, texnik va boshqa ma’lumotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash ta’minlanadi;
 
🤓tarif hisob-kitoblari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tariflarni shakllantirish tartibi asosida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21178 3.99K
Davlatimiz rahbari Andijon viloyatida qiymati 9 milliard dollardan ziyod yangi obyektlarni ishga tushirdi va qurilishini boshlab berdi.

—————

Глава нашего государства
ввел в строй и дал старт строительству новых объектов в Андижанской области на более чем 9 миллиардов долларов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21168 3.76K
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar boʻlgan 206 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu loyihalar energetika, qurilish, toʻqimachilik, mashinasozlik, taʼlim, turizm, logistika, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kabi muhim sohalarni qamrab olgan. Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi.

Xususan, paxta-toʻqimachilik klasteri, elektr energiyasini saqlash va taqsimlash tizimi, mebelsozlik va charm-poyabzal sanoat zonalari, elektr avtobuslar, quyosh panellari va mikrogidroenergetika uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek, zamonaviy taʼlim va tibbiyot markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Yangi loyihalar doirasida zamonaviy turar joy majmualari, xalqaro logistika va turizm markazlari, gidroelektr stansiyasi, chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonasi, transport vositalari va yuk vagonlari ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish koʻzda tutilgan.

—————

В рамках поездки в Андижанскую область Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй и начала строительства 206 проектов на общую сумму 9 миллиардов 400 миллионов сумов.

Эти проекты охватывают энергетику, строительство, текстильную промышленность, машиностроение, образование, туризм, логистику, фармацевтику, здравоохранение и другие важные направления. Они будут реализованы во всех 16 городах и районах области.

В частности, дан старт работе хлопково-текстильного кластера, системы хранения и распределения электроэнергии, промышленных зон мебельного и кожевенно-обувного производства, выпуску электробусов, солнечных панелей и оборудования для малой гидроэнергетики, а также введены в строй современные образовательные и медицинские центры.

В рамках реализации новых проектов планируется создать современные жилые комплексы, международные логистические и туристические центры, гидроэлектростанции, предприятия по производству электроэнергии путем термической переработки отходов, а также новые производственные мощности по выпуску транспортных средств и грузовых вагонов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Older posts →

About this channel

How can I read @minenergy_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for MINENERGY.UZ: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does MINENERGY.UZ have?
MINENERGY.UZ (@minenergy_uz) has 27.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does MINENERGY.UZ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →