Bugun soat 05:05 da Sirdaryo viloyatida joylashgan EDF kompaniyasiga tegishli yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy o‘chdi.
Ma’lumot uchun, mazkur stansiya yangi qurilgan bo‘lib, ayni vaqtda unda sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda.
Stansiyaning avariyaviy o‘chishi natijasida avariyaga qarshi avtomatika ishlab, respublikaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzildi. Asosan qishloq xo‘jaligi suv nasoslari va aholi iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Hozirgi vaqtda elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarning barchasi tarmoqqa qayta ulandi.
Elektr ta’minotini tiklash jarayonida energiya saqlash tizimlaridagi hamda elektr stansiyalaridagi zaxira quvvatlar ishga tushirilib, iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa ulandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Post #21189
22.8K
