TGViewer
Channel Public Channel
Milliy Aql markazi

Milliy Aql markazi

@milliy_aqlmarkazi

Milliy tiklanish partiyasi qoshidagi O'quv-tadqiqot va loyihalarni tayyorlash markazi

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
@Milliy_Aql_markazi_bot
Subscribers
1.24K
Photos
716
Videos
374
Links
747
Recent Posts 14 shown
Post #1169 19
🔥O‘zbekiston kelgusi yili MDHga raislik qiladi.

🇷🇺9-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. MDH tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan o‘tgan sammitda davlatimiz rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport bog‘liqligini mustahkamlash va zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

🔹 Savdo va sanoat
Erkin savdo zonasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlarni o‘zaro tan olish va qo‘shma ishlab chiqarishni kengaytirish taklif qilindi.
🔹 Oziq-ovqat xavfsizligi
Qishloq xo‘jaligi bozorlarini ochish va oziq-ovqat hamda o‘g‘itlar eksportidagi cheklovlar haqida oldindan xabardor qilish mexanizmini joriy etish taklif qilindi.
🔹 Transport va logistika
Logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini kamaytirish va yagona transport axborot tizimini yaratish taklif etildi. O‘zbekiston 2029-yilni MDH transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
🔹 Energetika va ekologiya
Energetika rivojini uzoq muddatli rejalashtirish, qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi.
🔹 Madaniyat va kreativ industriyalar
“Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi.
🔹 Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash
Transchegaraviy kiberjinoyatlar va internet firibgarliklariga qarshi MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish taklif etildi.


🇺🇿O‘zbekistonning MDHga raisligi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kelgusi yili MDHga raislikni qabul qilishini ma’lum qildi. Davlatimiz rahbari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va fuqarolar manfaatiga xizmat qiladigan aniq natijalarga erishish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini kelgusi yili Buxoroda o‘tkazish uchun taklif bildirildi.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱📱📱📱📱
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1168 28
🔥Parlament xalq bilan hisoblashmasdan qonun qabul qilmoqchi bo‘lsa, nima bo‘ladi

🇫🇷 1992-yilda Fransiyada haydovchilik guvohnomasi uchun ball tizimi joriy etilganda odamlar mashinalarida avtomagistrallarni to'sishdi. 2018-yilda tezlik cheklovi 90 dan 80 km/soatga tushirilgach, odamlar sariq jiletlar kiyib yo‘l kameralarining qariyb 60 foizini ishdan chiqarishdi...


📌Batafsil video davomida!

Milliy AQL markazi

📱📱📱📱📱
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 💯 1
Post #1167 27
🔥MILLIY AQL MARKAZINING SENTYABR OYI TAHLILIY DAYJESTI

➡️“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi huzuridagi o‘quv-tadqiqot va tahlil markazi tomonidan tayyorlangan 2026-yil sentyabr oyi tahliliy dayjesti e’tiboringizga havola etilmoqda.

➡️Dayjestda mamlakatimiz va xalqaro maydonda yuz bergan muhim siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, dolzarb voqealar hamda ularning tahliliga oid materiallar jamlangan.

➡️Bundan buyon Milliy AQL markazining tahliliy dayjestlari har oy yakunida Telegram kanalimiz orqali muntazam e’lon qilib boriladi.

➡️ Sentyabr oyi dayjesti bilan tanishing va muhim jarayonlarni biz bilan birga tahlil qiling!


🔗https://online.anyflip.com/wsexk/bdel/mobile/index.html

📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱📱📱📱📱
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #1166 38
➡️Prezident bilan 20 marta ko'rishganman...

🔥Milliy AQL markazi tomonidan tashkil etilgan "Iqtidorli tengdoshim" loyihasining navbatdagi soni

🎙 Loyihamizning bu galgi mehmoni — Xalqaro matematika olimpiadasi g'olibi, "Mard o'g'lon" mukofoti sohibi Sardor Bazarbayev

🎤Boshlovchi — Milliy AQL markazi tahlilchisi Sharofiddin Sharipov.

🌐Batafsil soat 19:00 da YouTube kanalimizda PREMYERA!

https://youtu.be/GqGLr5DmLMg
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 💯 1
Post #1165 24
🔥Prezidentning Turkmanistonga tashrifi

🇺🇿🇹🇲Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Avaza shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Prezident nutqida mintaqa davlatlari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

🔹 Yagona hamkorlik makoni
Savdo, transport, energetika, sanoat va yangi texnologiyalarni birlashtiruvchi keng mintaqaviy hamkorlik makonini shakllantirish taklif qilindi. Shu maqsadda 2027-yilda Toshkentda xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
🔹 “Olti iqtisodiyot — bitta mahsulot”
Endilikda oddiy savdo-sotiqdan ko‘ra, bir nechta davlat korxonalari ishtirokidagi yagona ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishga e’tibor qaratish taklif etildi. 2027-yilda Xivada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus platforma yaratish taklif qilindi.
🔹 Yangi transport yo‘laklari
Mintaqadagi transport yo‘nalishlarini yagona tizim sifatida rivojlantirish, ular bo‘ylab logistika, sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, Infratuzilmaviy rivojlanish bo‘yicha kengash tuzishni tezlashtirish va uning ilk majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bildirildi.
🔹 Suv va ekologiya
Suv taqchilligiga qarshi raqamli monitoring, zamonaviy irrigatsiya va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston kelasi yildan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qiladi. Shuningdek, “Markaziy Osiyo toza havosi” xalqaro konsorsiumini tashkil etish va ekologik modernizatsiya bo‘yicha qo‘shma loyihalarni boshlash taklif qilindi.
🔹 Sun’iy intellekt va raqamli infratuzilma
Mintaqa davlatlarining milliy ma’lumotlar markazlarini o‘zaro bog‘lash orqali Umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratish taklif qilindi.
Bu sun’iy intellekt loyihalari, raqamli mahsulotlar, ilmiy tadqiqotlar va yangi texnologik kompaniyalarni rivojlantirish uchun umumiy imkoniyat yaratishi ko‘zda tutilmoqda.
🔹 Kelajak kasblari uchun kadrlar
Mintaqa iqtisodiyotiga kelajakda qanday mutaxassislar kerak bo‘lishini aniqlash maqsadida talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif qilindi.

➡️ Prezident nutqida ilgari surilgan tashabbuslarning umumiy maqsadi — Markaziy Osiyoni tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli va o‘zaro bog‘langan mintaqaga aylantirish.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱 📱 📱 📱 📱
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 💯 1
Post #1164 25
🔥Migrantlar uchun Sankt-Peterburgda yangi cheklovlar taklif qilinmoqda

🇷🇺Sankt-Peterburgda patent asosida ishlaydigan migrantlar uchun taqiqlangan ish sohalari ro‘yxatini kengaytirish taklif qilinmoqda.

🚫 Yangi cheklovlar tasdiqlansa, migrantlar quyidagi sohalarda ishlay olmaydi:

➡️ chakana savdo va oziq-ovqat do‘konlari
➡️ go‘sht, baliq va meva rastalari
➡️ nonvoyxonalar
➡️ sartaroshxona va go‘zallik salonlari
➡️ massaj salonlari
➡️fitnes markazlari va sport klublari
➡️ sanatoriylar
➡️ sanitariya-epidemiologiya va sud-tibbiy ekspertiza tashkilotlari

➡️Muhim: bu cheklov faqat Rossiyada patent asosida ishlaydigan xorijiy fuqarolarga taalluqli.
🇧🇾🇰🇿🇦🇲🇰🇬 Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga ushbu cheklovlar tatbiq etilmaydi. Ular Rossiyada ishlash uchun patent olishi shart emas. Hozircha gap qaror loyihasi haqida bormoqda.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱 📱 📱 📱 📱
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #1163 28
🔥 Ehtiyojmand oilalar uchun yordam kengaytiriladi

🇺🇿Kuz-qish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar ko‘rib chiqildi. Elektr energiyasi bo‘yicha me’yor oshiriladi Gazlashmagan va gaz yetib bormagan hududlarda isitish mavsumida bazaviy me’yor 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirilishi taklif qilindi.

➡️166 mingta oila qo‘shimcha yordam olishi mumkin
Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalar uchun daromad mezonini har bir oila a’zosiga 1 mln 430 ming so‘mgacha oshirish taklif qilindi.

➡️ Dekabr oyida bir martalik yordam
Ehtiyojmand oilalarga dekabr oyida bir martalik moddiy yordam ajratish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

➡️ 470 mingta oila qo‘llab-quvvatlanadi
Elektr va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol xarajatlarining bir qismini qoplash muddati 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirilishi taklif qilindi.

➡️Shuningdek, sharoiti og‘ir mahallalardagi 3 mingta xonadon issiqlikni saqlash va energiyani tejash uskunalari bilan ta’minlanadi.

✔️ Asosiy maqsad — qish mavsumida ehtiyojmand oilalarning xarajatlarini yengillashtirish va yordamni aniq manzilga yetkazish.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱 📱 📱 📱 📱
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #1162 31
🔥O‘zbekistonda internetdan foydalanish darajasi 97 foizdan oshdi

🌐2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 10 yosh va undan katta aholining 97,3 foizi internetdan foydalangani qayd etildi.

📈 Internetdan foydalanish darajasi so‘nggi yillarda izchil oshib bormoqda:
2021-yil — 76,6 %
2022-yil — 83,9 %
2023-yil — 89,0 %
2024-yil — 93,3 %
2025-yil — 94,6 %
2026-yil — 97,3 %

📊 5 yil ichida ko‘rsatkich 20,7 foiz punktga oshgan.
Ya’ni, bugungi kunda O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining deyarli har 100 nafaridan 97 nafari internetdan foydalanmoqda.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱 📱 📱 📱 📱
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 💯 1
Post #1161 32
🔥O‘zbekistonda nechta o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda?

🗓2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgiga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga ko‘p.

👩🏻‍🏫 418,8 ming nafar — ayollar
👨🏻‍🏫 158,9 ming nafar — erkaklar

📊 Eng ko‘p o‘qituvchi qaysi hududlarda?
🥇 Samarqand — 65,1 ming
🥇 Qashqadaryo — 65,1 ming
🥉 Farg‘ona — 60,6 ming
Surxondaryo — 52,3 ming
Andijon — 46,3 ming

📌 Eng kam o‘qituvchi Sirdaryo viloyatida — 14,2 ming nafar.
Umuman, mamlakatdagi har bir maktabda minglab pedagoglar yosh avlodga ta’lim va tarbiya bermoqda.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱 📱 📱 📱 📱
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #1160 37
🔥 Kredit olmoqchimisiz? Endi banklar sizni ogohlantirishi shart

➡️Kredit olishdan oldin uning xavflari haqida mijozga aniq va ko‘rinadigan tarzda ogohlantirish majburiy bo‘ladi.

🔹 Reklamada — kreditni vaqtida to‘lamaslik moliyaviy muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish bo‘ladi. U reklamaning kamida 10 foizini egallaydi.
🔹 Shartnomada — kredit shartnomasining birinchi sahifasida katta va ko‘rinadigan ogohlantirish joylashtiriladi. U sahifaning kamida 30 foizini egallashi kerak.
🔹 Chalg‘ituvchi kredit mahsulotlari taklif qilgan banklarga esa Markaziy bank tomonidan ayrim operatsiyalarni 6 oygacha cheklash yoki taqiqlash chorasi qo‘llanishi mumkin.

📌 Oddiy qilib aytganda: kredit olayotgan odam shartnomani imzolashdan oldin kreditning mumkin bo‘lgan xavflarini aniq ko‘rishi va bilishi kerak. Yangi talablar qaror rasman e’lon qilinganidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱📱📱📱📱
  • 👍 2
  • 👏 2
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #1159 35
🔥Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston 5-o‘rinni egalladi

🇺🇿O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarini 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinda yakunladi.

🥇 21 ta oltin
🥈 25 ta kumush
🥉 24 ta bronza

Medallar reytingida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston delegatsiyalarimizdan yuqoriroq pog‘onadan joy oldi.

🏅 Tarixiy natijaga bir qadam yetmadi!
O‘zbekiston delegatsiyasiga 4-o‘rinni egallash uchun atigi 1 ta qo‘shimcha oltin medal yetishmadi. Hindiston bilan oltin medallar soni teng bo‘lsa-da, kumush medallar hisobidagi farq yakuniy o‘ringa ta’sir qildi.

📊 Xanchjou-2022 bilan taqqoslasak:
O‘zbekiston o‘shanda 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan 5-o‘rinni egallagan edi.
Demak, bu gal delegatsiyamiz oltin medallar soni bo‘yicha o‘tgan natijaga yaqinlashdi, kumush medallar sonini esa sezilarli oshirdi. Biroq Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijamiz — Xanchjouda qayd etilgan 71 ta medal va 5-o‘rin — hozircha saqlanib qolmoqda.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱📱📱📱📱
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 💯 1
Post #1157 50
🔥 Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz quriganlar endi qamaladi

🗓 2026-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-1179-son Qonun bilan qurilish sohasidagi davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

➡️ Unga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish talab etiladi.

➡️ Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa:
➖ 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

➡️ Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa:
➖ 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

📅 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱 📱 📱 📱 📱
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 💯 1
Post #1147 46
🔥Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida sentabr oyida o‘tgan eng muhim tadbir va voqealar

📌Bizni kuzatishda davom eting!

Milliy AQL markazi

📱📱📱📱📱
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 💯 1
Older posts →

About this channel

How can I read @milliy_aqlmarkazi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Milliy Aql markazi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Milliy Aql markazi have?
Milliy Aql markazi (@milliy_aqlmarkazi) has 1.24K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Milliy Aql markazi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →