🇺🇿🇷🇺 6-oktabr kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Rossiya delegatsiyasiga esa Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov rahbarlik qildi.
🟠Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi, o‘zaro savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 2026-yil yanvar–avgust oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga oshib, 9 mlrd dollardan ortgani qayd etildi.
🟠2026-yilda kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va metallni qayta ishlash yo‘nalishlarida 16 ta qo‘shma ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasini qurish, kadrlar tayyorlash, shuningdek, uskunalar va xizmatlarni mahalliylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Shuningdek, gumanitar aloqalar va turizm masalalari muhokama qilindi. 2025-yilda O‘zbekistonga qariyb 1 mln nafar rossiyalik sayyoh tashrif buyurgani qayd etildi.
🟠Yig‘ilish yakunida Hukumatlararo komissiyaning 27-yig‘ilishi bayonnomasi hamda Rossiya va O‘zbekistonning 2026–2040-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnologik rivojlanish strategiyasi imzolandi.
Batafsil
____
🇺🇿🇷🇺 6 октября в Фергане состоялось 27-е заседание Межправительственной комиссии по экономическому сотрудничеству между Узбекистаном и Россией. Узбекскую делегацию возглавил заместитель Премьер-министра Жамшид Ходжаев, российскую - Первый заместитель Председателя Правительства Российской Федерации Денис Мантуров.
🟠Стороны рассмотрели реализацию договорённостей на высшем уровне, расширение взаимной торговли и промышленной кооперации. Отмечалось, что за январь-август 2026 года товарооборот вырос на 10% и превысил $9 млрд.
🟠В 2026 году планируется запустить 16 совместных производств в химической промышленности, агро- и металлообработке. Особое внимание уделено строительству атомной электростанции в Джизакской области, подготовке кадров, а также локализации оборудования и услуг.
🟠Кроме того, обсуждены гуманитарные связи и туризм. В 2025 году Узбекистан посетили почти 1 млн российских туристов.
🟠По итогам подписаны Протокол 27-го заседания МПК и Стратегия научно-технологического развития России и Узбекистана на 2026-2040 годы.
Подробнее
____
🇺🇿🇷🇺 On October 6, the 27th meeting of the Intergovernmental Commission on Economic Cooperation between Uzbekistan and Russia was held in Fergana. The Uzbek delegation was headed by Deputy Prime Minister Jamshid Khodjaev, while the Russian delegation was led by First Deputy Prime Minister of the Russian Federation Denis Manturov.
🟠The parties reviewed the implementation of agreements reached at the highest level, as well as the expansion of bilateral trade and industrial cooperation. It was noted that bilateral trade increased by 10% in January–August 2026, exceeding $9 billion.
🟠In 2026, 16 joint production facilities are planned to be launched in the chemical industry, agriculture, and metal processing. Particular attention was paid to the construction of a nuclear power plant in Jizzakh Region, workforce training, and localization of equipment and services.
🟠The parties also discussed humanitarian ties and tourism. In 2025, nearly 1 million Russian tourists visited Uzbekistan.
🟠Following the meeting, the Protocol of the 27th Meeting of the Intergovernmental Commission and the Strategy for Scientific and Technological Development of Russia and Uzbekistan for 2026–2040 were signed.
More
◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
Post #20182
1.16K








- 👍 6
- ❤ 2
- 🔥 2
- 👏 1