TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.5K subscribers
Post #20082 779
🇺🇿O‘zbekiston Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi Global innovatsiyalar indeksida o‘z mavqeini mustahkamladi. 139 ta mamlakat 80 ta ko‘rsatkich asosida baholangan reytingda respublika 77-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan ikki pog‘onaga, 2020-yilga nisbatan esa 16 pog‘onaga o‘z natijasini yaxshiladi.

🟠Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston 4-o‘rinni egalladi. WIPO bahosiga ko‘ra, mamlakatning innovatsion rivojlanish natijalari uning iqtisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqib kutilgan ko‘rsatkichlardan yuqori.

🟠“Investitsiyalar” yo‘nalishida ham ijobiy dinamika qayd etilib, O‘zbekistonning pozitsiyasi yetti pog‘onaga yaxshilandi. Fond bozori kapitallashuvi YAIMga nisbatan 7,3 foizdan 13 foizgacha oshdi, shuningdek, venchur kapitali bo‘yicha ko‘rsatkichlar yaxshilandi. Startaplar va o‘sib borayotgan kompaniyalarni moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 4-o‘rinni, ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha esa 8-o‘rinni egalladi.

🟠Mamlakatning kuchli jihatlari qatorida WIPO yalpi kapital jamg‘arilishini alohida qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkich YAIMning 34,1 foizini tashkil etib, O‘zbekiston dunyoda 12-o‘rinni egalladi. Yuqori texnologiyali mahsulotlar importi bo‘yicha esa mamlakat 27-o‘rinda qayd etildi.

🟠Erishilgan natijalar investitsiya muhitini izchil takomillashtirish, kapital bozorini rivojlantirish, venchur va muqobil investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida savdo-tarif siyosatini yanada liberallashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning samarasini aks ettiradi.

🟠Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, kapital bozorini rivojlantirish hamda investitsion va innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi.
____
🇺🇿Узбекистан укрепил позиции в Глобальном инновационном индексе 2026, опубликованном Всемирной организацией интеллектуальной собственности (WIPO). По итогам оценки 139 стран по 80 показателям республика заняла 77-е место, улучшив результат на две позиции за год и на 16 позиций по сравнению с 2020 годом.

🟠 В регионе Центральной и Южной Азии наша страна заняла 4-е место. По оценке WIPO, инновационные результаты страны превышают ожидаемые показатели с учётом уровня её экономического развития.

🟠Положительная динамика отмечена по направлению «Инвестиции», где позиция Узбекистана улучшилась на семь пунктов. Капитализация фондового рынка увеличилась с 7,3% до 13% ВВП, также улучшились показатели венчурного капитала. По финансированию стартапов и растущих компаний республика занимает 4-е место в мире, по деловой среде – 8-е.

🟠В числе сильных сторон страны WIPO выделила валовое накопление капитала – 12-е место в мире при показателе 34,1% ВВП, а также импорт высокотехнологичной продукции – 27-е место.

🟠Достигнутые результаты отражают последовательную работу по совершенствованию инвестиционной среды и развитию рынка капитала, формированию условий для венчурных и альтернативных инвестиций, поддержке стартапов, а также дальнейшей либерализации торгово-тарифной политики в рамках процесса вступления во Всемирную торговую организацию.

🟠Министерство инвестиций, промышленности и торговли продолжит последовательную работу по совершенствованию инвестиционного климата, развитию рынка капитала и созданию благоприятных условий для инвестиционной и инновационной деятельности.

◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
  • 👍 4
  • 👏 3
  • 🔥 1
More from @miit_uz
  1. Sep 30, 2026🇺🇿🇶🇦28–29-sentabr kunlari Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sano…
  2. Sep 29, 2026🇺🇿🇪🇺29-sentabr kuni Toshkent shahrida Global Gateway tashabbusi doirasida investitsiya…
  3. Sep 29, 2026🇺🇿 🏦 O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qa…
  4. Sep 28, 2026🇺🇿23-sentabr kuni Dushanbe shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sanoat vazirlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →