Xabaringiz bor, spin-off kompaniya universitetda yaratilgan ilmiy ishlanmalar va innovatsion g‘oyalarni amaliy mahsulotga aylantirish hamda tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi mustaqil biznes tuzilmasidir.
Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda LegalTech va sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni tijoratlashtirish maqsadida “Huquqiy texnologiyalar va sun’iy intellekt laboratoriyasi” MChJ tashkil etildi.
Mazkur spin-off kompaniyaning yagona ta’sischisi Toshkent davlat yuridik universiteti bo‘lib, kompaniyaning quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
— davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, xususiy sektor va boshqa tashkilotlar uchun sun’iy intellekt, LegalTech, GovTech hamda innovatsion raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
— axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va raqamli platformalarni yaratish, modernizatsiya qilish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash;
— TDYU tarkibiy bo‘linmalari, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim hamda boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish;
— yaratilgan raqamli mahsulot va xizmatlarni Subscription/SaaS — obuna asosidagi dasturiy xizmat modeli orqali foydalanuvchilarga taqdim etish;
— huquqiy va boshqa sohalardagi jarayonlarni avtomatlashtirish, sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni rivojlantirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish.
Yangi kompaniya TDYUda yaratilayotgan ilmiy g‘oya va ishlanmalarni real raqamli mahsulotlarga aylantirish, universitet, davlat va biznes o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni mustahkamlash hamda milliy LegalTech ekotizimini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Kompaniya haqida batafsil...
Post #1948
1.86K
TDYUda “Huquqiy texnologiyalar va sun’iy intellekt laboratoriyasi” tashkil etildi