TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.54K subscribers
Post #1918 1.88K
TDYU–Turkiya huquqiy hamkorligida yangi bosqich: to‘rtta muhim tashabbus ilgari surildi

Turkiya Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Burak Jeyhan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquq va qonunchilik bosh boshqarmasi bosh direktori Bekir Kelesh, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi Huquq ishlari bosh boshqarmasi bosh direktori Erdinch Avshar hamda Kadrlar bosh boshqarmasi bosh direktori Jihat Saridan iborat delegatsiya Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev hamda universitet mutasaddilari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida delegatsiya a’zolariga universitet faoliyati, yuridik ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda TDYUning xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni universitet taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab bergani ta’kidlandi.

Muloqot davomida TDYU rektori tomonidan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan to‘rtta muhim tashabbus ilgari surildi.

Birinchidan, Xalqaro arbitraj va mediatsiya markazi (Uluslararası Tahkim ve Arabuluculuk Merkezi — UTAUM) bilan hamkorlikni amaliy loyihalar orqali kengaytirish, jumladan, akademik almashinuv dasturlari doirasida Turkiyaga tashrif buyuradigan TDYU talabalarining markazda qisqa muddatli amaliyot va stajiroka o‘tashini yo‘lga qo‘yish masalasi ilgari surildi.

Ikkinchidan, Turkiyaning yetakchi universitetlarida faoliyat yuritayotgan “O‘zbek huquqi markazlari” tajribasining mantiqiy davomi sifatida TDYU bazasida “Turk–O‘zbek huquq markazi”ni tashkil etish taklif qilindi.

Uchinchidan, o‘zbek va turk huquqshunos olimlari, amaliyotchi mutaxassislar hamda yuridik soha vakillarini bir maydonda birlashtiradigan “Uzbek–Turk International Legal Forum” xalqaro akademik forumini o‘tkazish tashabbusi bildirildi.

To‘rtinchidan, akademik hamkorlikning yuqori bosqichi sifatida Turkiyaning yetakchi universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Turkiya Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya vakillari mazkur tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Mazkur uchrashuv TDYU va Turkiyaning huquqiy hamda akademik tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish hamda ikki mamlakat yuridik maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
More from @mediatsul
  1. Sep 25, 2026Для студентов ТГЮУ объявлен конкурс «Лучшее эссе по экономическим, социальным и культурным…
  2. Sep 25, 2026TDYU talabalari uchun “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha eng yaxshi esse” t…
  3. Sep 25, 2026Дан старт республиканскому конкурсу «IT QUEENS» Министерство высшего образования, науки и…
  4. Sep 25, 2026“IT QUEENS” respublika tanloviga start berildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan v…
  5. Sep 25, 2026В ТГЮУ пройдут занятия по уголовному праву Германии В рамках сотрудничества между Ташкентс…
  6. Sep 25, 2026TDYUda Germaniya jinoyat huquqi bo‘yicha darslar o‘tkaziladi Toshkent davlat yuridik unive…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →