Idishlardan kitoblarga
O’qituvchilarimiz maktabimiz kutubxonasiga kitoblar qidirib bir amakini oldiga borishdi.
Eski kitoblarni makulaturadan saqlab qolib, sotar ekanlar.
Yuzlab rus tilidagi kitoblarni tanlab bo’lib, o’zbekcha kitob so’rashibdi.
“O’zbek kitob yig’armidi bolam, o’zbek chinni yig’adi” deb javob beribdilar.
Qattiq ta’sir qildi. Haqiqat bo’lgani uchun ta’sir qildi.
Ota-onam shifokor bo’lishgani uchun uyimiz to’la tibbiy kitoblar bo’lardi. O’qirdim-ku, tushunmasdim. Varoqlab, varoqlab joyiga qo’yib qo’yardim.
Kitoblarni tomosha qilib o’tirardim. O’qishga muhabbat ana shu javondan boshlangandi menda.
Javonni idishlar bilan emas, kitoblar bilan to’ldirgan ota-onamga cheksiz minnatdorman.
Uka-singillaringiz, bolalaringizga yaxshilik qiling. Uyingizni kitob bilan to’ldiring.
Televizor pulti, planshet menyusidan ko’ra kitobga qo’l uzatish osonroq bo’lsin.
Miyani to’ldiradigan kitoblar uchun, qorin to’ldirishga ishlatiladigan idishlardan ko’proq pul sarflamas ekansiz, uyingizdan ilmli insonlar chiqishi qiyin.
@azizrakhimov_blog
Post #363
756
Forwarded from Aziz Rahimov