TGViewer
Channel Public Channel
MATH MENTOR | DAVRBEK

MATH MENTOR | DAVRBEK

@math_mentor

Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Subscribers
2.11K
Photos
447
Videos
52
Links
245

Showing posts older than #1789 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1788 1.38K
MATH MENTOR | DAVRBEK ❗️ Apellyatsiya bo‘yicha muhim xabar! Natijalar e'lon qilinganda har bir savoldan necha ball olingani ko‘rsatilmagan, faqat umumiy ball berilgan. Shu sabab apellyatsiya sababini aniq yozish qiyin! 💜 Yana bir masala: agentlik kanalida apellyatsiya o‘z hududida…
❗️ Namunaviy apellyatsiya murojaati

Albatta, har bir o‘quvchining vaziyati har xil. Quyidagi matnni shunchaki ko‘chirib yubormanglar — o‘z natijangiz va yozgan yechimlaringizga qarab moslab yozinglar.

Assalomu alaykum!

Matematika fanidan qo‘yilgan 7 ball natijamga e’tirozim bor va yozma ishimning qanday baholanganiga aniqlik kiritilishini istayman.

Imtihonda bir nechta topshiriqlar bo‘yicha to‘liq yoki qisman yechimlar yozganman, ayrimlarida yakuniy javobga ham kelganman. Imtihondan keyingi hisobim bo‘yicha taxminan 20 ball atrofida natija kutgan edim. Shu sababli 7 ball qanday shakllanganini tushunishni istayman.

Natijada har bir savol bo‘yicha alohida ball ko‘rsatilmagani uchun aynan qaysi yechimimga qancha ball berilganini aniqlash imkonim yo‘q.

Shu sababli yozma ishimni baholash mezoni asosida qayta ko‘rib chiqishingizni, har bir masala bo‘yicha qo‘yilgan ballarga aniqlik kiritishingizni so‘rayman.

Agar to‘liq yoki qisman to‘g‘ri bajarilgan yechimlarim uchun tegishli ballar hisobga olinmagan bo‘lsa, ularni qayta hisoblashni so‘rayman.

Agar imkon bo‘lsa, apellyatsiya jarayonida yozma ishimni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, har bir savolim qanday baholanganini va qancha ball qo‘yilganini bilishni ham xohlayman.

Rahmat!


📌 Muhim: agar har bir savolda taxminan nimalar yozganingiz esingizda bo‘lsa, murojaatga albatta qo‘shinglar. Masalan: 1-savolni to‘liq ishladim, 2-savolning a) qismini bajardim, 3-savolda mana bu bosqichgacha bordim...

Shunda murojaatingiz ancha aniq va asosli bo‘ladi. Ballar va savollarni esa o‘zingizning holatingizga qarab almashtiringlar.

💬Telegram: @math_mentor
  • 👍 9
  • 🤝 2
  • 🔥 1
Post #1787 1.12K
MATH MENTOR | DAVRBEK Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga! Bugun sizlar bilan imtihondan keyingi muhim masalalar haqida gaplashamiz. Avvalo, apellyatsiya berish tartibi va qaysi holatlarda apellyatsiya berish kerakligi haqida tushuntirib o‘tamiz. Shuningdek, maktabga kirgan…
❗️ Apellyatsiya bo‘yicha muhim xabar!

Natijalar e'lon qilinganda har bir savoldan necha ball olingani ko‘rsatilmagan, faqat umumiy ball berilgan. Shu sabab apellyatsiya sababini aniq yozish qiyin!

💜 Yana bir masala: agentlik kanalida apellyatsiya o‘z hududida ko‘rib chiqiladi degan ma’lumot berildi, lekin telefonda aniqlashtirsak, yozma ishlar Agentlikda saqlanarkan va maxfiylik sabab apellyatsiya uchun o‘quvchi ham, qonuniy vakili ham Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabiga kelishi kerak ekan!

Rostini aytganda, ayniqsa viloyatdagi o‘quvchilar uchun bu apellyatsiyadan oldingi yana bir qo‘shimcha bosh og‘riq bo‘libdi.

Manimcha, apellyatsiya berish ma’qul, agar:

— qabul chegarasiga juda yaqin qolgan bo‘lsangiz;
— matematika yoki fizikadan balingiz yozgan ishingizga nisbatan juda past tuyulsa;
— bir nechta masalani to‘liq yoki deyarli to‘liq yechganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa.

Shunchaki “balki ball qo‘shilar” degan umidda emas, asos bo‘lsa apellyatsiya beringlar.

❗️ Lekin Toshkentga borib-kelish sizlar uchun muammo bo‘lmasa, apellyatsiya berib ko‘rgan ma’qul. Hech bo‘lmasa o‘z yozma ishingizni ko‘rib, qanday baholanganini bilib olasizlar.

Keyingi postda namunaviy apellyatsiya murojaatini ham yuboraman.

💬Telegram: @math_mentor
  • 🤔 4
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 😢 1
Post #1786 1.01K
Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga!

Bugun sizlar bilan imtihondan keyingi muhim masalalar haqida gaplashamiz.

Avvalo, apellyatsiya berish tartibi va qaysi holatlarda apellyatsiya berish kerakligi haqida tushuntirib o‘tamiz.

Shuningdek, maktabga kirgan o‘quvchilar bundan keyin nimalarga e’tibor berishi kerak, kira olmaganlar esa keyingi tayyorgarlikni qanday davom ettirgani ma’qul — shu haqida ham gaplashamiz.

❗️ Shuning uchun keyingi xabarlarni sinchkovlik bilan kuzatib boringlar. Kerakli tavsiyalarni imkon qadar tushunarli qilib yozib boraman.

O‘zi qiziqmi? 🔥

💬Telegram: @math_mentor
  • 🔥 56
  • ❤ 4
  • 💯 4
  • 👍 1
  • 🐳 1
Post #1785 1.12K

Forwarded from Abdulaziz

Ассалому алайкум, бор биринчи боскични 2 оринда иккинчисини 5 оринда отдим, материаллардан фойдаландим, катта рахмат
  • 👍 20
  • ❤ 10
Post #1784 1.27K
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati 📢 YAKUNIY KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINDI! 2026–2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabulning yakuniy kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📊 Nomzodlar o‘z natijalari bilan quyidagi rasmiy platformalar orqali…
Bir savol qiziqtiryapti❓

Oramizda Bo‘lajak Garvardchilar guruhida o‘qimagan bo‘lsa ham, imtihondan o‘tganlar bormi?

❗️ Yil davomida o’tgan darslarimiz, maslahatlarimiz va imtihonga tayyorlov materiallarimiz, MOCKlar sizga qay darajada foyda berdi?

Fikrlaringizni izohlarda yozing. Bu biz uchun juda muhim!
  • 👍 14
  • ❤ 2
Post #1783 1.19K

Forwarded from M.B.S-A.

Ассалому алайкум яхшимисиз ха 3 уринда рахмат сизга илмингиз хиеда булсин, Аллох рози булсин сиздан, рахмат каттакон
  • ❤ 10
Post #1782 1.1K

Forwarded from M.B.S-A.

  • ❤ 3
Post #1781 1.04K

Forwarded from Шавкатов

  • 👍 5
  • ❤ 2
Post #1779 920

Forwarded from Шавкатов

Assalomualaykum ustoz man ham o'tibman
Post #1778 1.02K
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati 📢 YAKUNIY KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINDI! 2026–2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabulning yakuniy kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📊 Nomzodlar o‘z natijalari bilan quyidagi rasmiy platformalar orqali…
❗️ IELTS balisiz ham 11 nafar o‘quvchi imtihondan o‘tibdi, qoyil!

Bugun natijalarni tahlil qilamiz va apellatsiya berish tartibini tushuntiraman!

✍️ Natijangiz yoki fikringiz bo‘lsa, @mathmentor_1 ga yuboring!
  • 🔥 10
  • ❤ 3
Post #1777 1.14K

Forwarded from alim

  • 👍 17
  • 🔥 3
Post #1776 866

Forwarded from k'stina_w

Bergan bilimlariz uchun hamma ustozlaga raxmat
  • ❤ 9
Post #1775 877

Forwarded from k'stina_w

raxmat ustoz, keyingi yil yanayam ko'p o'quvchilariz kirib ketsin ishlarizda omad
  • ❤ 10
Post #1774 910

Forwarded from k'stina_w

  • ❤ 9
Post #1772 944

Forwarded from Bunyodbek#1

Ustoz kottakon rahmat bizga tayyorlanuvchilarga yordam berganiniz uchun
  • 🔥 5
  • 👍 4
Post #1771 902

Forwarded from Bunyodbek#1

  • 🤩 10
Post #1770 853

Forwarded from Abdurahmon

  • 🔥 23
  • 👍 3
Post #1769 825

Forwarded from Abdurahmon

Rahmat ustoz
  • ❤ 3
Post #1768 863

Forwarded from Abdurahmon

2-o'rin ekanman
  • ❤ 2
Post #1767 900

Forwarded from Abdurahmon

Ustoz
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →