❗️ Apellyatsiya bo‘yicha muhim xabar!
Natijalar e'lon qilinganda har bir savoldan necha ball olingani ko‘rsatilmagan, faqat umumiy ball berilgan. Shu sabab apellyatsiya sababini aniq yozish qiyin!
💜 Yana bir masala: agentlik kanalida apellyatsiya o‘z hududida ko‘rib chiqiladi degan ma’lumot berildi, lekin telefonda aniqlashtirsak, yozma ishlar Agentlikda saqlanarkan va maxfiylik sabab apellyatsiya uchun o‘quvchi ham, qonuniy vakili ham Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabiga kelishi kerak ekan!
Rostini aytganda, ayniqsa viloyatdagi o‘quvchilar uchun bu apellyatsiyadan oldingi yana bir qo‘shimcha bosh og‘riq bo‘libdi.
Manimcha, apellyatsiya berish ma’qul, agar:
— qabul chegarasiga juda yaqin qolgan bo‘lsangiz;
— matematika yoki fizikadan balingiz yozgan ishingizga nisbatan juda past tuyulsa;
— bir nechta masalani to‘liq yoki deyarli to‘liq yechganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa.
Shunchaki “balki ball qo‘shilar” degan umidda emas, asos bo‘lsa apellyatsiya beringlar.
❗️ Lekin Toshkentga borib-kelish sizlar uchun muammo bo‘lmasa, apellyatsiya berib ko‘rgan ma’qul. Hech bo‘lmasa o‘z yozma ishingizni ko‘rib, qanday baholanganini bilib olasizlar.
Keyingi postda namunaviy apellyatsiya murojaatini ham yuboraman.
💬Telegram: @math_mentor
Post #1787
1.12K
MATH MENTOR | DAVRBEK Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga! Bugun sizlar bilan imtihondan keyingi muhim masalalar haqida gaplashamiz. Avvalo, apellyatsiya berish tartibi va qaysi holatlarda apellyatsiya berish kerakligi haqida tushuntirib o‘tamiz. Shuningdek, maktabga kirgan…
- 🤔 4
- 👍 3
- ❤ 1
- 🔥 1
- 😢 1