Bir necha kun oldin: maqsad faqat biror imtihonga tayyorlanish emas, bolani kuchli o‘quvchiga aylantirish kerak deb yozgandim.
Shu sabab yangi yilgacha har yakshanba @math_mentor kanalida BEPUL matematika olimpiada darslari qilib boramiz🙂
📚 Har hafta bitta mavzu: video dars + shu mavzuga mos masalalar!
❗️Maqsad: masala ustida o‘ylashni, g‘oya topishni, yechimni asoslashni, qiyinroq masaladan qo‘rqmaslikni o‘rganamiz. Olimpiada matematikasiga kirib boramiz.
• Hamma olimpiadachi bo‘lishi shart emas. Lekin bunaqa masalalar bilan ishlash fikrlashni o‘stiradi va matematikani chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu keyinchalik boshqa yo‘nalishlarda ham asqotadi.
🎯 Asosiy daraja 8-sinf atrofida bo‘ladi. Lekin mavzularni boshidan boshlaymiz va imkon qadar yuqoriroq g‘oyalargacha chiqamiz.
Shu sabab qiziqqan kichikroq yoki kattaroq o‘quvchilar ham, ustozlar ham bemalol foydalanishi mumkin!
❓ Endi sizlar izohlarda yozinglar 👇
Qaysi mavzular qiziq? Qaysi turdagi olimpiada masalalarida ko‘proq qiynalasizlar?
Fikrlarni ko‘rib, qishgacha o‘tadigan mavzularimizni rejalashtirib olamiz 🔥
💬Telegram: @math_mentor