TGViewer
MATH MENTOR | DAVRBEK MATH MENTOR | DAVRBEK @math_mentor · 2.11K subscribers
Post #1821 885
❗️ 5–6-sinf farzandi bor ota-onalarga bir fikrim bor..

“Farzandim 5-sinfda, Al-Beruniyga tayyorlamoqchiman”, “6-sinfdan boshlasak kech bo‘lmaydimi?” degan murojaatlar ko‘p kelgandi.


Maning bu masalada fikrim biroz boshqacha.


• 5-sinf - bola endi boshlang‘ich sinfni tugatib, matematikani jiddiyroq o‘rganishni boshlaydigan davr. Manimcha, shu yoshdan 3-4 yil keyingi bitta maktab imtihonini maqsad qilib, bolani faqat o‘sha imtihondagi fanlarga yo‘naltirib qo‘yish shart emas.

• Hali kelajakda ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkin. Bolaning qiziqishi ham, qaysi fanlarga moyilligi ham, hatto maktablarning qabul va imtihon tartiblari ham. Balki keyinchalik kimyo yoki biologiyaga qiziqib ketar. Balki Al-Beruniy emas, boshqa maktab unga ko‘proq mos kelar.

❗️ Bu yoshda muhimi - bolaning bazasi va fikrlashi kuchli bo‘lsin.

• Matematikani yaxshi o‘rgansin, bo‘shliqlarini to‘ldirsin. Keyin esa, o‘z yoshiga mos, lekin o‘ylashga majbur qiladigan qiyinroq masalalar bilan ishlasin. Bitta masalada biroz qiynalishni, turli yo‘l izlashni, xato qilib yana urinib ko‘rishni o‘rgansin. Olimpiadalarda qatnashib ko‘rsin.

• Ingliz tilini ham yaxshi o‘rganib borsin. Boshqa fanlarni ham o‘z vaqtida o‘rganib, nimaga qiziqishini asta-sekin kashf qilib borsin.

Man 5–6-sinfda yuqori sinf mavzulari va testlarga shoshilishga unchalik tarafdor emasman.

➡️Maqsad bolani bitta imtihonga tayyorlashdan ko‘ra, kuchli o‘quvchiga aylantirish bo‘lishi kerak.

Shunda 7–8-sinfga borganda qaysi yo‘nalishni tanlamasin, yangi mavzularni o‘zlashtirishi ham, aniq bir imtihonga tayyorlanishi ham ancha oson bo‘ladi!

Al-Beruniyni ham variant sifatida bilib yuring, albatta. Lekin 5-sinfdanoq bolaning butun o‘qishini shu bitta maqsadga bog‘lab qo‘yish shart emas, menimcha 🙂

❗️
Avval zo‘r bo‘lishga harakat qilsin. Qayerga kirishi haqida keyin ham o‘ylashga ulguradi.

❓Siz qanday fikrdasiz?

💬Telegram: @math_mentor
  • 👏 17
  • 💯 7
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • ❤ 1
  • 🎉 1
More from @math_mentor
  1. Oct 6, 2026📣 Diqqat 2-yangilik🔥 Bir necha kun oldin: maqsad faqat biror imtihonga tayyorlanish emas…
  2. Oct 6, 2026Assalomu alaykum, yaxshimisizlar 👋 1-yangilikni aytdik 🙂 • Endi 2-yangilikni kutayotganl…
  3. Oct 5, 2026Bir kunda yopiq kanalga 100+ o‘quvchi qo‘shilibdi 🔥 Diagnostik testni ham berdik. Hozir b…
  4. Oct 4, 2026MATH MENTOR | DAVRBEK pinned «📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixt…
  5. Oct 4, 2026📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga m…
  6. Oct 3, 2026Post #1824
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →