TGViewer
MATH MENTOR | DAVRBEK MATH MENTOR | DAVRBEK @math_mentor · 2.11K subscribers
Post #1788 1.39K
MATH MENTOR | DAVRBEK ❗️ Apellyatsiya bo‘yicha muhim xabar! Natijalar e'lon qilinganda har bir savoldan necha ball olingani ko‘rsatilmagan, faqat umumiy ball berilgan. Shu sabab apellyatsiya sababini aniq yozish qiyin! 💜 Yana bir masala: agentlik kanalida apellyatsiya o‘z hududida…
❗️ Namunaviy apellyatsiya murojaati

Albatta, har bir o‘quvchining vaziyati har xil. Quyidagi matnni shunchaki ko‘chirib yubormanglar — o‘z natijangiz va yozgan yechimlaringizga qarab moslab yozinglar.

Assalomu alaykum!

Matematika fanidan qo‘yilgan 7 ball natijamga e’tirozim bor va yozma ishimning qanday baholanganiga aniqlik kiritilishini istayman.

Imtihonda bir nechta topshiriqlar bo‘yicha to‘liq yoki qisman yechimlar yozganman, ayrimlarida yakuniy javobga ham kelganman. Imtihondan keyingi hisobim bo‘yicha taxminan 20 ball atrofida natija kutgan edim. Shu sababli 7 ball qanday shakllanganini tushunishni istayman.

Natijada har bir savol bo‘yicha alohida ball ko‘rsatilmagani uchun aynan qaysi yechimimga qancha ball berilganini aniqlash imkonim yo‘q.

Shu sababli yozma ishimni baholash mezoni asosida qayta ko‘rib chiqishingizni, har bir masala bo‘yicha qo‘yilgan ballarga aniqlik kiritishingizni so‘rayman.

Agar to‘liq yoki qisman to‘g‘ri bajarilgan yechimlarim uchun tegishli ballar hisobga olinmagan bo‘lsa, ularni qayta hisoblashni so‘rayman.

Agar imkon bo‘lsa, apellyatsiya jarayonida yozma ishimni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, har bir savolim qanday baholanganini va qancha ball qo‘yilganini bilishni ham xohlayman.

Rahmat!


📌 Muhim: agar har bir savolda taxminan nimalar yozganingiz esingizda bo‘lsa, murojaatga albatta qo‘shinglar. Masalan: 1-savolni to‘liq ishladim, 2-savolning a) qismini bajardim, 3-savolda mana bu bosqichgacha bordim...

Shunda murojaatingiz ancha aniq va asosli bo‘ladi. Ballar va savollarni esa o‘zingizning holatingizga qarab almashtiringlar.

💬Telegram: @math_mentor
  • 👍 9
  • 🤝 2
  • 🔥 1
More from @math_mentor
  1. Oct 8, 2026Post #1831
  2. Oct 8, 2026Xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorgarlik darslari! Matematika instituti va AIFU hamkorl…
  3. Oct 6, 2026📣 Diqqat 2-yangilik🔥 Bir necha kun oldin: maqsad faqat biror imtihonga tayyorlanish emas…
  4. Oct 6, 2026Assalomu alaykum, yaxshimisizlar 👋 1-yangilikni aytdik 🙂 • Endi 2-yangilikni kutayotganl…
  5. Oct 5, 2026Bir kunda yopiq kanalga 100+ o‘quvchi qo‘shilibdi 🔥 Diagnostik testni ham berdik. Hozir b…
  6. Oct 4, 2026MATH MENTOR | DAVRBEK pinned «📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →