TGViewer
MAKTAB️ MAKTAB️ @maktab_e · 189K subscribers
Post #4614 24.5K
⚡️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar

Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;

👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:

➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun;
➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun.

🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.

❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Ayrim savollarga javoblar:

❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilganPedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.

❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?

Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?

Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.

❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?

Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 37
  • 👍 10
  • 🎉 4
More from @maktab_e
  1. Oct 15, 2026📣 TUMAN OLIMPIADASIGA BEPUL TAYYORLOV DARSI! 9–11-sinf o‘quvchilari, matematikadan tuman…
  2. Oct 15, 2026⚡️TOIFAGA TEST TOPSHIRISH SANALARI MAʼLUM BO‘LDI. Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan t…
  3. Oct 15, 2026Post #4617
  4. Oct 15, 2026⚡️O‘QUVCHILARGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI. ❌taʼlim muassasasi ustavida man e…
  5. Oct 15, 2026🚀 Minni Yordamchi — foydali vositalar bir joyda! 🤖 AI, tarjima, hujjatlar, eslatmalar, f…
  6. Oct 14, 2026⚡️O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi joriy etil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →