TGViewer
MAKTAB️ MAKTAB️ @maktab_e · 189K subscribers
Post #4613 34.7K
⚡️O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi joriy etildi.

Prezident Admistratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘z kanalida bu haqida shunday yozdi.

"Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
"

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 131
  • 👍 102
  • 👏 32
  • 🎉 14
  • 🤔 7
  • 👌 7
  • 🤩 4
  • 🙏 2
  • 🏆 2
More from @maktab_e
  1. Oct 15, 2026⚡️KASBIY RIVOJLANISH KUN TADBIRLARIDA (metod kunda) ISHTIROK ETMASA NIMA BO‘LADI? O'qituvc…
  2. Oct 15, 2026📣 TUMAN OLIMPIADASIGA BEPUL TAYYORLOV DARSI! 9–11-sinf o‘quvchilari, matematikadan tuman…
  3. Oct 15, 2026⚡️TOIFAGA TEST TOPSHIRISH SANALARI MAʼLUM BO‘LDI. Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan t…
  4. Oct 15, 2026Post #4617
  5. Oct 15, 2026⚡️O‘QUVCHILARGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI. ❌taʼlim muassasasi ustavida man e…
  6. Oct 15, 2026🚀 Minni Yordamchi — foydali vositalar bir joyda! 🤖 AI, tarjima, hujjatlar, eslatmalar, f…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →