TGViewer
Channel Public Channel
Mabrur | Dasturlash va AI

Mabrur | Dasturlash va AI

@mabrur_dev

💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Subscribers
5.02K
Photos
857
Videos
108
Links
558

Showing posts older than #1839 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #1837 3.45K

Forwarded from Mabrur | AI & Automation

Ayolimni Uzum magazini bor, chatgpt desktop app bilan bir dunyo javob yozilmagan izohlarga javob yozdirishni o'rgatib berdim.
Ayolim endi otchotlarni, analitika va raqobatchilari analizlarini chatgpt bilan birga qilishni biladi.

Endi bolaga qarab yurgan paytidayam ovoz bilan gaplashib, ishlarini qildirib o'tiraveradi

Haliyam chatgpt desktopini ishlatmayotgan bo'lsanglar, bugunoq o'rnatib ishlatinglar

Tadbirkorlar uchun AI & Avtomatizatsiya o'rgatadigan kanal bu yerda
  • 🔥 46
  • ❤ 10
  • 👍 1
Post #1835 4.61K
Grok 4.6 chiqdi. Cursorda 1 hafta 50% off sinab ko'rsangiz bo'ladi.

@mabrur_dev
  • 👍 25
  • 👎 2
  • 🔥 2
  • 💯 1
Post #1834 4.41K
Shaxsiy yoki do‘stlaringiz bilan ochgan Telegram guruhiga har qanday botni qo‘shishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Muhim narsani unutmang: botga berilgan ruxsatlarga qarab, bot guruhdagi xabarlar va yuborilayotgan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin.

Botni yaratgan odam yoki uning tokeniga kirish huquqi bor istalgan kishi, guruhga kelayotgan har qanday ma’lumotlarni texnik jihatdan o‘qishi va saqlashi mumkin.

Shuning uchun shaxsiy yozishmalar bor guruhlarga ishonchsiz yoki kim yaratgani noma’lum botlarni qo‘shmagan ma’qul

@mabrur_dev
  • 👍 45
  • ❤ 11
  • 🔥 9
  • 👨‍💻 1
Post #1833 4.05K

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

Claude Code yangiligi: sessiyalar endi bir-biri bilan gaplasha oladi 🎉

Bir sessiyada bitta funksiya, boshqasida loyihaning boshqa qismi ustida ishlayapsizmi? Endi Claude’dan bir sessiyadagi muhim kontekstni ikkinchisiga uzatishni so’rash kifoya — u qisqa xulosani yuboradi va ikkinchi sessiya shu ma’lumot bilan ishlashda davom etadi.

Boshqa sessiyaga savol berib, javobni hozirgi sessiyangizda olishingiz ham mumkin.

Sinab ko’rish uchun Claude Code’ni yangilang.
  • 👍 20
  • 🔥 7
  • ❤ 3
Post #1832 3.69K

Forwarded from Mabrur | AI & Automation

Hermes Agent’ga katta update keldi.

Yangilab, biroz ishlatib ham ko‘rdim. Juda yaxshi narsalar qo'shilgan va men uchun eng muhim o‘zgarishlar:

🎙 Hermes bilan endi jonli gaplashish mumkin

Oldingidek ovoz yuborib, to‘liq javobni kutmaysiz. Hermes javob tayyor bo‘lishi bilan gapira boshlaydi.
Gapining o‘rtasida to‘xtatib, yangi topshiriq bersangiz ham darrov sizni eshitadi. Hatto o‘zingiz tanlagan wake word orqali chaqirish mumkin.

🔎 Research ancha ishonchli bo‘ldi

Hermes internetdan ma’lumot yig‘ib, har bir muhim fikrga tekshiriladigan manba qo‘shadi.
Hatto berilgan ma’lumotni fact-check qilib:
— qaysi joyi to‘g‘ri;
— qaysi joyi noto‘g‘ri;
— qaysi joyini tasdiqlab bo‘lmasligini ko‘rsatadi.

🧠 Uzoq vazifalarda kamroq to‘xtaydi

Oldin agentning tool ishlatish limiti 90 ta edi. Endi 500 tagacha oshirilgan.
Tool xato qilsa ham Hermes ko‘p holatda o‘zi sababini topib, boshqa yo‘l bilan davom etishga harakat qiladi. Uzun vazifalarda kontekstni ham yaxshiroq saqlaydi.
Ya’ni katta research, kod yozish yoki ko‘p bosqichli ishlar o‘rtada to‘xtab qolishi kamaygan.

✋ Ishlayotgan paytida yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin

Hermes noto‘g‘ri tomonga ketayotgan bo‘lsa, endi uni to‘xtatib, hammasini qaytadan tushuntirish shart emas.
Ish jarayonida yangi xabar yozasiz — u bajarilgan ishni yo‘qotmasdan yo‘nalishini o‘zgartiradi.

🤝 Agentlar bir-biri bilan yaxshiroq ishlay oladi

A2A (agent to agent) protokoli qo‘shildi. Endi Hermes boshqa mos agentlarni topishi, ular bilan gaplashishi va vazifa topshirishi mumkin.
Kanban orqali esa Researcher, Developer, Reviewer kabi alohida agentlarga vazifalarni bo‘lib, handoff qilish mumkin.
Lekin bu yerda muhim nuqta bor: A2A qo‘shilgani bilan agentlar avtomatik zo‘r jamoaga aylanmaydi. Rollar, vazifalar va tekshiruv jarayonini baribir to‘g‘ri qurish kerak.

🖥 Desktop ilova oddiy chatdan workspace’ga aylanmoqda

Hermes yaratgan HTML, mini-app va boshqa artifact’larni chat yonida jonli ko‘rish mumkin.
Plugin tizimi ham qo‘shilgan. Birinchi katta pluginlardan biri — agentlar bilan ishlash uchun Kanban.
Umuman, bu update’da chiroyli UI’dan ko‘ra agentga uzoqroq vazifa berish, kamroq nazorat qilish va kerakli joyda yo‘nalishini o‘zgartirish tomoni kuchaygan.

Agar haliyam yangilamagan bo'lsangiz mana shu command bilan update qilib oling: hermes update

AI & Automation bo'yicha tajriba va fikrlarim shu yerda
  • 🔥 15
  • ❤ 4
Post #1831 3.49K
Telegram "Ruchka" sovg'asi borlar 250 starga upgrade qilsa bo'larkan, ularni ichida 3% ehtimollik bilan mana shu "Vibe Coder" modeli tushishi mumkin ekan.

@mabrur_dev
  • 👏 36
  • ❤ 3
Post #1830 4.13K
Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz Men va Claude Vazifalarni shunday bajaryapmiz :D
Bizda shunaqa😅

@mabrur_dev
  • 😁 70
  • 💯 5
Post #1829 4.16K
4 yil avval aytilgan gaplar bugun eng aktual paytida🥲

@mabrur_dev
  • 😁 60
  • ❤ 7
  • 👍 5
  • 👨‍💻 3
Post #1828 4.91K
Mabrur | Dasturlash va AI Codexga aytib o'zimga virtual hamroh yasatvoldim. Endi buni qamchilab ishlatamiz. Kimgadir o'xshatayotgan bo'selar to'g'ri o'xshattinglar😂
Buzz.xyz ni ishlatmaganlar bo'lsa ishlatinglar.

6-7 oydan beri Openclaw, Hermesni bosib ishlatgan user sifatida aytaman, bunisi boshqa darajada. Ayniqsa jamoaviy ishlashda.

Tez orada ishlar kamayib qolsa Youtubega video qilaman shu bo'yicha.

@mabrur_dev
  • 💯 28
  • 👍 10
  • 🔥 2
Post #1827 5.81K
Codexga aytib o'zimga virtual hamroh yasatvoldim.

Endi buni qamchilab ishlatamiz.

Kimgadir o'xshatayotgan bo'selar to'g'ri o'xshattinglar😂
  • 😁 64
  • ❤ 5
  • 👍 4
Post #1826 4.41K

Forwarded from Mabrur | AI & Automation

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 18
  • 🔥 8
  • 👍 3
Post #1825 4.38K
Anchadan beri men uchun muhim bo‘lgan bir loyiha ustida ishlayapman.

2-avgustdan 2 oylik offline AI Automation kursini boshlashni reja qilganmiz. Darslar dam olish kunlari bo‘ladi.

Kurs asosan tadbirkorlar, marketologlar va operatsion jarayonlar bilan ishlaydiganlar uchun.

Bu yerda AI haqida shunchaki oldi-qochdi darslar bo'lmaydi. Uni kundalik ishlaringizga qo‘shib, real tizimlar quramiz.

Masalan:

— hisobotlarni tayyorlaydigan va ma’lumotlardan xulosa chiqaradigan agentlar;
— Google Sheets’dagi ma’lumotlarni tahlil qilib, kerakli joylarini ko‘rsatib beradigan agentlar;
— kontent g‘oyalari, reja, matn va kreativlar bilan ishlaydigan agentlar;
— tasklarni tartiblaydigan, muhimlarini ajratadigan va bajarilishini kuzatishga yordam beradigan agentlar;
— jamoangizdagi takroriy va operatsion ishlarni yengillashtiradigan avtomatizatsiyalar;
— feedback asosida natijasini yaxshilab boradigan AI agentlar.


Bunga o'xshash juda ko'p AI tizimlarni o'zingiz qurishni o'rganib olasiz, bular shunchaki misol tariqasida berildi.

Shuningdek, qaysi ishlarni AI’ga topshirish mumkin, qaysilarini esa topshirmaslik kerakligini ham o‘rganamiz. Maqsad hamma joyga AI tiqishtirish emas — aynan vaqt va pul tejaydigan jarayonlarga to‘g‘ri qo‘shish.

Meni anchadan beri kuzatib kelayotganlar biladi: so‘nggi bir necha yillarda ishimni katta qismini AI’ga topshirganman. Kursda o‘zim har kuni ishlatayotgan usullar, agentlar va yondashuvlarni amaliy ko‘rsataman va qolganlargayam o'zini ishiga tatbiq qilishga yordamlashaman.

Guruhni ataylab kichik qilyapmiz — har bir qatnashchining biznesi, vazifalari va real keyslariga alohida fokus qilish uchun. Hozir kam joy qoldi.

Batafsil ma’lumot uchun arizani to'ldiring, siz bilan bog'lanamiz:
👉 form.mabrur.dev/tg

Tadbirkor yoki shu yo‘nalishda ishlaydigan tanishlaringiz bo‘lsa, ularga yuborsangiz yoki postni kerakli odamga repost qilib bersangiz, xursand bo‘lardim.
  • 👎 19
  • ❤ 14
  • 👍 10
  • 🔥 6
  • 👏 2
  • 😁 1
Post #1824 3.59K
Mabrur | Dasturlash va AI Apple watch omasam bo’midi
Ana super yangilik.

O'tirvolib gaplashoramiz endi.
  • 🔥 31
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #1823 4.86K
Apple watch omasam bo’midi
  • 😁 110
  • 🔥 14
  • ❤ 3
Post #1822 17K
Bu shaxsan men uchun bir futbolchi yig’layotgan oddiy kadr emas.

2009-yildan hozirgacha bo’lgan xotiralarimni flashbacki.

Futbolni sevishimga, undan zavq olishimga sabab bo‘lgan insonning asta-sekin bu sahnani tark etayotganini his qilish.

Bir futbolchi bilan butun bir bolalik, tungi o‘yinlar, hayajon, mag‘lubiyatlar va quvonchlar ham yodga tushadi.

Messi ketgandan keyin ham futbol davom etadi. Yangi yulduzlar chiqadi. Lekin ba’zi futbolchilarni hech kim almashtirolmaydi. Chunki ular shunchaki yaxshi o‘yinchi emas, butun bir avlodning xotirasiga aylangan bo‘ladi.

Ispaniyam uchun esa xursandman. Chempionlik muborak!

@mabrur_dev
  • ❤ 64
  • 👍 19
  • 👎 19
  • 😁 13
  • 🔥 5
Post #1821 6.27K
Kimi K3 chiqishi bilan GPT va Claude tomonda ozgina bosim borligi sezilyapti.

Oxirgi payt Claude’dayam, GPT 5.6 atrofidagi modellardayam agent planner rejimida ancha “ziqna” bo'p ketgandi: limitlar qisilgan, narxlar balandlashgan, ba’zi vazifalarda model ortiqcha ehtiyotkor bo‘lib qoladi. Eng yomoni ishni goal bilan boshlaganizda vaqti-vaqti bilan model odatdagidan ancha sekinlashib qoladi "eco" modeda ishlab turgandi.

Ba’zida esa umuman sezdirmay downgrade bo‘lib, boshqa modelga o‘tib ketgandek taassurot beradi. Siz katta-katta umidlar bilan uzundan-uzun prd tayyorlesiz, ishni agentga berasiz, hozir goal bilan qigizsam yorvoradi deb o'ylab, lekin oxirida baribir o'ziz qorovul bo‘lib turishizga to'g'ri kelib qolgandi.

Kimini bugun ishlatyabman, hozircha boshqa taassurot: planner normal ishlayapti, plan rostdan plan bo‘lyapti (buni twitterdayam ko'p o'qidim). Narx va limit tomondan ham ancha pozitiv.

Shuning uchun Kimi chiqqandan keyin Anthropicam userlarga ko‘proq limit berishni boshladi. Tasodifmi yoki raqobat bosimimi bilmadim, lekin bozor buni sezgani aniq. GPT yam har kuni "ketsa boydan ketsin" deb limitlarga reset berib o'tiripti.

Yana bir muhim joyi: Kimi open-source tarafga yaqinroq ko‘rinayotgani uchun GPT va Claude uchun agar sifati shu darajada davom etsa, real xavf tug‘diradi, balki tug'dirishniyam boshlagandir.

Xitoyliklarni davri kelyaptimikana endi?)

@mabrur_dev
  • 👍 34
  • 🔥 13
  • ❤ 3
Post #1820 3.88K
Post #1819 3.71K

Forwarded from 🍇 Dasturchining kundaligi

📚 Kitoblar almashish uchun platforma ishga tushdi!

Ushbu platformada o'zingiz o'qib bo'lgan kitoblarni kiritishingiz, ijaraga berishingiz va qolgan kitobxonlardan kitoblarni ijaraga olib turishingiz mumkin.

Platformadan foydalanish ikki taraf uchun ham mutlaqo bepul.

Kiring, foydalaning va ziyo ulashing!

@ziyoulashbot

Loyiha to'liq bepul bo'lgani sababli, imkon bo'lsa loyihani boshqa kitobxonlar bilan ulashishni unutmang.
  • 👍 12
  • ❤ 4
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →