TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 5.02K subscribers
Post #1832 3.69K

Forwarded from Mabrur | AI & Automation

Hermes Agent’ga katta update keldi.

Yangilab, biroz ishlatib ham ko‘rdim. Juda yaxshi narsalar qo'shilgan va men uchun eng muhim o‘zgarishlar:

🎙 Hermes bilan endi jonli gaplashish mumkin

Oldingidek ovoz yuborib, to‘liq javobni kutmaysiz. Hermes javob tayyor bo‘lishi bilan gapira boshlaydi.
Gapining o‘rtasida to‘xtatib, yangi topshiriq bersangiz ham darrov sizni eshitadi. Hatto o‘zingiz tanlagan wake word orqali chaqirish mumkin.

🔎 Research ancha ishonchli bo‘ldi

Hermes internetdan ma’lumot yig‘ib, har bir muhim fikrga tekshiriladigan manba qo‘shadi.
Hatto berilgan ma’lumotni fact-check qilib:
— qaysi joyi to‘g‘ri;
— qaysi joyi noto‘g‘ri;
— qaysi joyini tasdiqlab bo‘lmasligini ko‘rsatadi.

🧠 Uzoq vazifalarda kamroq to‘xtaydi

Oldin agentning tool ishlatish limiti 90 ta edi. Endi 500 tagacha oshirilgan.
Tool xato qilsa ham Hermes ko‘p holatda o‘zi sababini topib, boshqa yo‘l bilan davom etishga harakat qiladi. Uzun vazifalarda kontekstni ham yaxshiroq saqlaydi.
Ya’ni katta research, kod yozish yoki ko‘p bosqichli ishlar o‘rtada to‘xtab qolishi kamaygan.

✋ Ishlayotgan paytida yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin

Hermes noto‘g‘ri tomonga ketayotgan bo‘lsa, endi uni to‘xtatib, hammasini qaytadan tushuntirish shart emas.
Ish jarayonida yangi xabar yozasiz — u bajarilgan ishni yo‘qotmasdan yo‘nalishini o‘zgartiradi.

🤝 Agentlar bir-biri bilan yaxshiroq ishlay oladi

A2A (agent to agent) protokoli qo‘shildi. Endi Hermes boshqa mos agentlarni topishi, ular bilan gaplashishi va vazifa topshirishi mumkin.
Kanban orqali esa Researcher, Developer, Reviewer kabi alohida agentlarga vazifalarni bo‘lib, handoff qilish mumkin.
Lekin bu yerda muhim nuqta bor: A2A qo‘shilgani bilan agentlar avtomatik zo‘r jamoaga aylanmaydi. Rollar, vazifalar va tekshiruv jarayonini baribir to‘g‘ri qurish kerak.

🖥 Desktop ilova oddiy chatdan workspace’ga aylanmoqda

Hermes yaratgan HTML, mini-app va boshqa artifact’larni chat yonida jonli ko‘rish mumkin.
Plugin tizimi ham qo‘shilgan. Birinchi katta pluginlardan biri — agentlar bilan ishlash uchun Kanban.
Umuman, bu update’da chiroyli UI’dan ko‘ra agentga uzoqroq vazifa berish, kamroq nazorat qilish va kerakli joyda yo‘nalishini o‘zgartirish tomoni kuchaygan.

Agar haliyam yangilamagan bo'lsangiz mana shu command bilan update qilib oling: hermes update

AI & Automation bo'yicha tajriba va fikrlarim shu yerda
  • 🔥 15
  • ❤ 4
More from @mabrur_dev
  1. Sep 26, 2026Nima uchun O’zbekistonda taxilarda kamera oldinam, orqadanam salonni videoga olsa va audio…
  2. Sep 25, 2026ChatGPT yangi Pro Max tarifini chiqarmoqchi va obuna oyiga $500 bo‘lishi mumkin. - Plus —…
  3. Sep 24, 2026Shokdaman😬 @mabrur_dev
  4. Sep 23, 2026https://www.instagram.com/reel/DdoWmaeKIsG/?stkn=MXZtczc5ZmdhY3lxYw== Shu videoimni 20 daq…
  5. Sep 23, 2026Opus 5.5 judayam barakali va tez ishlayapti ko'z tegmasin. Max effort bilan ishlatsamam en…
  6. Sep 22, 2026Wishlist https://www.youtube.com/watch?v=RG0ppccMJ8w
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →