TGViewer
Channel Public Channel
Mabrur | Dasturlash va AI

Mabrur | Dasturlash va AI

@mabrur_dev

💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Subscribers
4.97K
Photos
859
Videos
108
Links
560

Showing posts older than #1478 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #1477 2.38K
Mabrur | Dasturlash va AI GPT-5 allaqachon Cursorda
Hullas, konferensiyada ko'rsatishganidek one-prompt bilan simple application yasamoqchi bo'ldim, resulti 🥴 bop qoldi
  • 😁 13
  • 👍 2
  • 👏 1
Post #1476 2.33K
GPT-5 allaqachon Cursorda
  • 👍 17
Post #1475 2.63K
Mana shuanqa creative narsalar yoqadi menga 😅

Lekin coderlarni ajali bu animatsiya
  • 😁 44
  • 🔥 8
  • 👨‍💻 5
  • ❤ 4
Post #1474 2.13K
Real 🥶
  • 😁 31
  • 👎 9
  • 👍 4
  • 🔥 1
Post #1473 2.85K
Post #1472 5.02K
OpenAI ChatGPTga study & learn mode qo'shdi. Endi AI savollarga birdaniga javob olmasdan, ketma-ketlikda, o'zingiz fikrlab javob olishga yordam beradi. Bunaqa applicationlar juda ko'p, lekin ChatGPT ni o'ziga qo'shishganiyam ancha qulay va yaxsh ibo'ldi.

https://x.com/OpenAI/status/1950240348695072934
  • 👍 27
  • 🔥 5
  • ❤ 2
Post #1471 2.94K
Frontendda yarim soat bitta oddiy bugni debug qilib yurdim. Rasmni full viewda ochsam, o'ng tarafdagi arrow bilan "X" icon ko‘rinmay qolayapti.

Kodga qarayman — hammasi to‘g‘ri, ishlashi kerak. Refresh qilaman — ishlamaydi. Boshqa usul bilan yozib ko‘raman — baribir yo‘q. Arrow’ni boshqa joyga ko‘chiraman — ishlayapti. Qaytib o‘z joyiga qo‘yaman — yana yo‘q bo‘lib qolayapti.

Keyin qarasam, browserim macimi ekranida biroz o‘ngroqqa surilib qolgan ekan, shu uchun o‘ng tarafini bir qismi ekrandan tashqariga chiqib qolgan ekan 😅
  • 😁 68
  • 👨‍💻 1
Post #1470 2.61K
Mabrur | Dasturlash va AI Dangasalik nimalarga olib kelmaydiya 🤪 Telegram kanallardan kvartiralarni o'zimga kerakli rayon, xonalar soni, narxlar bo'yicha filter qilolmasdan qiynalib, bitta-bitta qarab o'tirgandim. Keyin userbot yasash hayolga kelib qoldi. Bergan kanallarimdan oxirgi…

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 6
  • 🔥 5
  • ❤ 2
  • 👨‍💻 2
Post #1469 2.8K
Cursorniyam, Claude Codeniyam bosib ishlatadigan odam sifatida aytaman — Cursor butunlay boshqa darajada!

Claude Code birinchi chiqqanida sinab ko‘rgandim, unchalik yoqmagandi, faqat Cursorni ishlatardim. Keyin yaqinda YouTube’da, Reddit’da ko‘p postlarni ko‘rdim — odamlar yozayapti: “Claude Code endi juda kuchaygan, kod yozish darajasi boshqa darajaga chiqib ketti” deb. Shu paytda Cursorning narxi juda jahlimni chiqargandi, ko‘zimni yumib, Claude Code Max tarifini sotib oldim.

Boshida ishlatganimda juda “ahmoqona” tuyuldi, lekin o‘zimga “biroz ishlatsam, kodni tushunib oladi, keyin chiqishib ketamiz” dedim. Endi bir oydan beri foydalanayapman. Opusdan boshqa modellari umuman ishlamayapti, Opusniyam “zo‘r” deb bo‘lmaydi. Ataylab oddiy tasklar berdim — o‘zim qo‘lda 1 daqiqada qilib yuboradigan 2-3 qator o‘zgarishlarni juda chuqur o‘ylab, 4-5K token sarflab, keraksiz joylarga borib kelayapti. Bo'lmasa promptda mention qilib, shu filedan shu funksiyani o'zgartirasan debam qo'yganman. Oxiri 5 daqiqada zo‘rg‘a 2 qator kod o‘zgartirib beradi. Boshqa holatlarda ham xuddi shunaqa — bug fix bersam, xato kod yozadi.

Cursor bu jihatdan ancha yaxshi edi. Claude modellarini Cursorga juda yaxshi qo‘shishgan. Hatto Claude 4 Sonnetni o‘ziyam juda kuchli ishlayapti. Opus haqida gapirmasayam bo‘ladi. Eng katta muammo — juda ko‘p pul yeydi. Endi yana Cursor’ga qaytish haqida o‘ylayapman.
  • ❤ 8
  • 👏 6
Post #1468 2.15K
Dangasalik nimalarga olib kelmaydiya 🤪

Telegram kanallardan kvartiralarni o'zimga kerakli rayon, xonalar soni, narxlar bo'yicha filter qilolmasdan qiynalib, bitta-bitta qarab o'tirgandim.
Keyin userbot yasash hayolga kelib qoldi. Bergan kanallarimdan oxirgi 1 oy ichidagi e'lonlarni fetch qilib chiqib, dbga saqlab qo'yadi, men o'tirvoliiib chiroyli UI da kvartira tanlab chiqaman.

Yasashga 30 minut vaqtim ketti, endi qidirishga ketadigan soatlab vaqtim tejaladi )
  • 👨‍💻 19
  • 👍 8
  • ❤ 5
Post #1466 4.4K
Mabrur | Dasturlash va AI Hozirgina Dia Browser tortib oldim va ishlatib ko'rdim. Boshlanishidanoq shunaqangi zo'r onboarding qilib berdi, endi faqat shu browserni ishlatsam kerak deb yubordim. O'zi Dia Qanday browser? Dia AI ga asoslangan browser va uni boshqa odatiy browserlardan…
Yana bir zo'r tomoni istalgan sahifangizni ochib o'sha sahifa bilan chatlashib o'tirsangiz bo'larkan
  • 👍 18
  • 🔥 4
Post #1465 3.97K
Hozirgina Dia Browser tortib oldim va ishlatib ko'rdim. Boshlanishidanoq shunaqangi zo'r onboarding qilib berdi, endi faqat shu browserni ishlatsam kerak deb yubordim.

O'zi Dia Qanday browser?
Dia AI ga asoslangan browser va uni boshqa odatiy browserlardan ajratib turuvchi yaxshigina funksiyalari bor:

- Kontentlarni umumlashtirib beruvchi, savollarga javob beruvchi va AI yordamida tez qidiruv amalga oshiruvchi qulayligi
- O'zini ichida AD blockeri borligi, ortiqcha reklamalar chiqmasligi
- Maqolalar o'qish uchun alohida sharoitlar qilib berganligi, read mode yoqib chalg'imasdan ishingizni qilishingiz mumkin
- Coding uchun alohida ur'gu berilgani

Hozircha umuman boshqa dunyo browserini ishlatayotgandekman, balki vaqtincha tekinligigayam yoqyotgandir )
  • 👍 19
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #1464 3.42K
Barchamizni Hayit bayramimiz bilan🥳
  • 👍 20
  • ❤ 4
Post #1463 4.29K
Va-nihoyat!!!
Youtubeda O'zbekcha subtitrlar ancha aniq ishlashni boshlabdi. Hozir bitta video ko'rib o'tirib e'tibor qilib qoldim, matnlarni deyarli bexato chiqarib beryapti. Yoki ancha bo'lganmidi?
  • ❤ 22
  • 👍 14
  • 👨‍💻 1
Post #1462 4.26K
Kimdadir ajoyib biznes g‘oya bor, lekin uni hayotga tatbiq etishga dasturchi tanishlari yoki texnik jamoasi yo‘q. Yana boshqalar bor — ular kuchli dasturchilar, texnik bilimga ega, lekin ular o‘z kuchini yo‘naltirish uchun yaxshi g‘oya topolmaydi.

Agar shu ikkala toifani bitta maqsadda birlashtiruvchi hamjamiyat tuzilsa, ishonamanki, bizdayam yaxshi loyihalar soni ancha ortadi.

Nuruddin aka shu borada juda foydali tashabbusni ilgari suryapti. Ushbu postni o‘qib chiqing va agar sizda fikr, taklif yoki qo‘shilishga tayyor bo‘lgan tanishlaringiz bo‘lsa — albatta izoh qoldiring:

👉 Postga havola [LinkedIn]
LinkedIn Oxirgi paytlarda non-technical odamlar bilan gaplashayotganimda, ularda muayyan bir mavzuda avtomatlashtirish, qandaydir software… Oxirgi paytlarda non-technical odamlar bilan gaplashayotganimda, ularda muayyan bir mavzuda avtomatlashtirish, qandaydir software bilan yechish/osonlashtirish mumkin bo'lgan muammolarni aytishadi. Bu logistika sohasi bo'lsin, marketing, yoki boshqaruvda ham…
  • 🔥 9
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #1461 2.57K

Forwarded from Pavel Durov (Paul Du Rove)

🔥 This summer, Telegram users will gain access to the best AI technology on the market. Elon Musk and I have agreed to a 1-year partnership to bring xAI’s chatbot Grok to our billion+ users and integrate it across all Telegram apps 🤝

💪 This also strengthens Telegram’s financial position: we will receive $300M in cash and equity from xAI, plus 50% of the revenue from xAI subscriptions sold via Telegram 💰

Telegram + Grok = ❤️📈🏆
  • 🔥 17
  • 👍 4
Post #1460 2.69K
Mabrur | Dasturlash va AI Kuchli portfolio yasamoqchi bo'lganlar uchun loyiha g'oyasi. Hisobni taqsimlash ilovasi – Siz chekni skaner qilasiz yoki yuklaysiz, undagi buyurtma qilingan taomlar va boshqa narsalarni aniqlaysiz, odamlarni qo'shasiz va har bir kishi nima yeganini tanlab…
Qoyil-e, Ilhom aka birpasta bu g'oyani yasab tashapti. Kamiga, telegram botam qo'shib qo'yipti.

https://t.me/ilhomdevs/1325
  • 🔥 3
Post #1459 3.4K
Huddi Josh aytganidek kimdir focusni bo'lsa, uni qaytarib olish juda qiyin.

O'zimdayam juda ko'p bo'lib turadi. Ishlab o‘tirganimda kimdir yozadi:
“5 daqiqa vaqting bormi, call qilib olsak bo‘ladimi?”

Aslida, bu “5 daqiqa” 1 soatlik fokusni yo‘qotish degani. Kontekstdan uzoqlashasiz, miya boshqa narsaga chalg'iydi va keyingi 60 daqiqa ishga qaytishga ketib qoladi.

Oxiri, deep focusda ishlab o'tirganimda Slack yoki Teamsda Focusing statusni qo'yishni boshladim. Yaxshi tomoni - sizga yozilgan xabarlar ko'rinmaydi va ish vaqtida ortiqcha callarga chalg'imaysiz.
  • 👍 18
Post #1458 2.74K
Claude 4.0 da eng maza qilgan narsam - Kod yozayotganda umuman ortiqcha comments yozib tashlamayapti.

Oldingi modellarda, huddi 7 yoshli bolaga tushuntirgandek izohlar bilan to'ldirib tashardi.
  • 🔥 16
  • 👨‍💻 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →