TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1469 2.8K
Cursorniyam, Claude Codeniyam bosib ishlatadigan odam sifatida aytaman — Cursor butunlay boshqa darajada!

Claude Code birinchi chiqqanida sinab ko‘rgandim, unchalik yoqmagandi, faqat Cursorni ishlatardim. Keyin yaqinda YouTube’da, Reddit’da ko‘p postlarni ko‘rdim — odamlar yozayapti: “Claude Code endi juda kuchaygan, kod yozish darajasi boshqa darajaga chiqib ketti” deb. Shu paytda Cursorning narxi juda jahlimni chiqargandi, ko‘zimni yumib, Claude Code Max tarifini sotib oldim.

Boshida ishlatganimda juda “ahmoqona” tuyuldi, lekin o‘zimga “biroz ishlatsam, kodni tushunib oladi, keyin chiqishib ketamiz” dedim. Endi bir oydan beri foydalanayapman. Opusdan boshqa modellari umuman ishlamayapti, Opusniyam “zo‘r” deb bo‘lmaydi. Ataylab oddiy tasklar berdim — o‘zim qo‘lda 1 daqiqada qilib yuboradigan 2-3 qator o‘zgarishlarni juda chuqur o‘ylab, 4-5K token sarflab, keraksiz joylarga borib kelayapti. Bo'lmasa promptda mention qilib, shu filedan shu funksiyani o'zgartirasan debam qo'yganman. Oxiri 5 daqiqada zo‘rg‘a 2 qator kod o‘zgartirib beradi. Boshqa holatlarda ham xuddi shunaqa — bug fix bersam, xato kod yozadi.

Cursor bu jihatdan ancha yaxshi edi. Claude modellarini Cursorga juda yaxshi qo‘shishgan. Hatto Claude 4 Sonnetni o‘ziyam juda kuchli ishlayapti. Opus haqida gapirmasayam bo‘ladi. Eng katta muammo — juda ko‘p pul yeydi. Endi yana Cursor’ga qaytish haqida o‘ylayapman.
  • ❤ 8
  • 👏 6
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →