Hozirgina Dia Browser tortib oldim va ishlatib ko'rdim. Boshlanishidanoq shunaqangi zo'r onboarding qilib berdi, endi faqat shu browserni ishlatsam kerak deb yubordim.
O'zi Dia Qanday browser?
Dia AI ga asoslangan browser va uni boshqa odatiy browserlardan ajratib turuvchi yaxshigina funksiyalari bor:
- Kontentlarni umumlashtirib beruvchi, savollarga javob beruvchi va AI yordamida tez qidiruv amalga oshiruvchi qulayligi
- O'zini ichida AD blockeri borligi, ortiqcha reklamalar chiqmasligi
- Maqolalar o'qish uchun alohida sharoitlar qilib berganligi, read mode yoqib chalg'imasdan ishingizni qilishingiz mumkin
- Coding uchun alohida ur'gu berilgani
Hozircha umuman boshqa dunyo browserini ishlatayotgandekman, balki vaqtincha tekinligigayam yoqyotgandir )
Post #1465
3.97K