Yana sarlavha topolmadim
3 sekundga ko'zingizni yuming va 50 ga 50 santimetrli qog'ozni tasavvur qilib unga 1 metr uzoqlikdagi masofadan qarang.
Agar qo'goz huddi stolda turgandek va siz unga tepadan qaragan bo'lsangiz, demak sizda matematik iqtidor bor! Biroq siz qo'gozni huddi devorda ko'rdingiz ya'ni tepadan emas to'gridan qaradingiz (
Yer yuzasiga nisbatan). U holda siz fiziksiz! Bu gaplar sizga shunchaki
motivation uchun aytilmayapti. Bu sizning biror ilmiy masalaga, tug'ma yondoshuv usulingizni bildiradi.
Veb-saytlarga kirgan paytimiz
scroll qilsak nima bo'ladi. Sahifa yo tepaga yo pastga harakatlanadi. Albatta! Chunki u 2 o'lchamli va bizga yaqinlashmaydi va bizdan uzoqlashmaydi ham. Agar u 3 o'lchamli bo'lganda yaqinlashtirishimiz yoki uzoqlashtirishimiz mumkin edi (
Bu yeda browser lardagi zoom nazarda tutilmagan). Demak 3 o'lchamli fazoda deb bilishimiz uchun faqat yaqinlashtirish (
musbat qiymat) va uzoqlashtirish (
manfiy qiymat) argumentlari kifoya qiladi. Chunki qolgan 2 o'lcham shundoq ham ma'lum!
Agar siz matematik ekanman desangiz, o'sha qo'gozdan quti yasash uchun uning har tomonidan boshqa devor qog'ozlarni siz uchun ko'taramiz. Nima uchun ko'taramiz? Chunki siz tepadan qarayapsiz. Ya'ni sizga nisbatan yaqinlashtirishimiz 3-argument (
3-o'q) sifatida musbat qiymat berayotganimizni bildiradi. Aksincha fizik ekanman desangiz huddi shu harakat siz uchun ko'tarilish emas sizga nisbatan yaqinlashish hisoblanadi (
Huddi uzoqdagi avtobus sizga yaqinlashgani kabi).
Albatta tasavvur qilish tasodifiy. Qog'oz deganimda tepadan, quti deganimda esa yonidan tasavvur qilishingiz mumkin. Ammo fanda biror tasodiflar
fundament ya'ni asos qilib olinmaydida! Fundament har doim bitta va faqat yondoshuv har xil bo'lishi mumkin. Masalan matematik uchun shakl ko'tarildi degani ham, aslida unga yaqinlashganini bildiradi huddi fizik uchun yaqinlashganidek. Shundan kelib chiqib 3 o'lchamli fazoda tog'ning cho'qqisini, matematiklar
Z o'qi deb bilishsa, fiziklar
Y o'qi deb bilishadi. Chunki
Fizikada tortishish kuchi (gravitatsiya) har doim -Y yo'nalishida bo'ladi. Ikkala yondoshuvda ham yaqinlashish va uzoqlashish masalasi bir xil. Ya'ni bu yerda fundamental hisob-kitob yoqolib qolmayapti. Lekin ikkisi 2 xil tasavvur qilar ekanku desangiz, unday emas. Bu yerda faqat
nisbiylik nazariyasi bor. Demak fizik jihatdan tepa bu
Y, matematik jihatdan esa
Z dir. Bu tushunchalarning ham ilmiy nomlari mavjud.
Y-UP va Z-UP. Tajribamdan kelib chiqib bir narsani aytishim mumkin. Xaritalashda Z-UP dan o'yin dasturlashda Y-UP dan foydalanaman. Fundamentdan chetlashmagan holda ishlash,
Applied Science jarayonlarini osonroq qilar ekan.
Applied Science ga oddiyroq tushuntirish beraman. Hayotdagi muammoning qandaydir ilmiy yechimi bor, dasturchi bo'lsangiz siz uni kodga o'girib amaliyotga tatbiq qilasiz. Bu Kimyo, Matematika, Fizika, Biologiya va boshqalar bo'lishi mumkin.
Xulosa: Fundamental bilimlarni o'rganing!
Aytgancha siz matematikmisiz yo fizik? Izohda qoldiring.
Aleph Nought