Izohda aynan qanday muammoga yechimlar qilasiz va aslida CG developerlar qanday muammolarni hal qiladi deb so'rashibdi. Bu haqida keyinroq batafsil qilib yozaman. Ammo misol sifatida hozir ishlayotgan muammoyimni aytishim mumkin.
Tasavvur qiling devor bor. Devorda rasmlar bor. Rasmlar nechtaligi va ularning devordagi joylashuvi ham tasodifiy (random).
Muammo: Devorning shunday bo'sh joyini topingki, u yerga qo'yiladigan boshqa rasm, qolgan rasmlarni to'sib qo'ymasin.
Algoritm generic bo'lishi kerak. Ya'ni unda aslida devor va rasm degan tushuncha bo'lmaydi. Hammasida tasavvurdagi sonlar bilan ishlanadi.
Masalan qayerda kerak?
Ho'sh, men hozir qilayotgan map da siz biror hududni tanlaysiz. Aytaylik u 500 ga 500 metr. O'sha hududda siz uchun map ga asoslanib virtual shaxar generatsiya qilinadi. Siz u yerda aylanib yurishingiz mumkin, GTA ga o'xshab. Ammo degan joyi bor. Generatsiya qilingan shaxarning qayeridan o'yin boshlanishi kerak? Masalan siz biror random pozitsiyani tanlasangiz, u yer suv yoki biror binoning tegi bo'lishi ham mumkinku!
Aleph Nought
Post #133
2.81K