TGViewer
Aleph Nought Aleph Nought @leph0 · 991 subscribers
Post #132 3.38K
O'zim haqqimda

Ismim Muhammadxon. Toshkent shahrida tug'ilgamman va shu yerda yashayman. 1994-yilman. Soliha qizalog'im bor alhamdulillah. Dasturlashni 4-sinfda boshlagamman. Uni dasturlash deb ham bo'lmasdi, shunchaki HTML/CSS dan boshlangan. Bunga sababchi bo'lgan qarindosh akalarimdan Alloh rozi bo'lsin.

Commercial experience 6 yil (Sitefactory, Micros, Telemetry, Davr Bank, ...) Backend developer sifatida. PHP ni judayam yaxshi ko'rgamman. Frontendda ham yaxshi edim. Undan keyin Najot Ta'limda 2.5 yil React, NodeJS va Go, SQL dan dars berdim. Shundan so'ng 6 oy Istanbulda ishladim. Shu sabab dunyo qarashim biroz o'sgandir balki, kelajagim haqida jiddiyroq o'ylashga harakat qildim. Avvaldan ilm-fanga juda qiziqqanman. Maqsadlarim ham katta. Ammo qilib yurgan ishlarimni fanga aloqasi yo'q edi. Holis bo'lsangiz backend engineer sifatida bir savolimga javob bering: Qaysi loyihangizni ilm fanga aloqasi bo'ldi'? Yoki qaysi loyihangizda scientific solution bergansiz? Aslida shu savolni o'zimga berdim va shuning uchun computer graphics sohasiga switch qildim. Chunki bu sohada muammolar computational edi. Soddaroq qilib aytganda Backendchi ko'proq system design haqida o'ylasa CG developerlari computational complexity haqida qayg'uradi. Nima qilay, menga shu yoqadi...

Bunga avval jur'atim yetmagan. Hozir boshqa sohaga o'tsam qachon mutaxasis bo'laman, qancha oylik olaman, kim ish beradi, oilam, hayotim nima bo'ladi deb o'ylardim. Ammo Istanbuldayoq buni harakatini boshlab "Computational Geometry" ni o'rganishni boshladim.

Toshkentga qaytdimu hayotim rasvo bo'lib ketti. Chunki Backendda ishlashni hohlamiman. Computer Graphics da esa bizda ish yo'q. Xalqaro ishlar uchun english yaxshi bo'lishi kerak. Man english tushunaman. Ammo speaking da har doim makillab qolaman. Hozir yaxshilashga harakat qilayapman.

Ishonavering agar siz har kuni "Applied Mathematics" bilan shug'ullansangiz oddiy HTML ni ham unutishni boshlarkansiz. Bir paytlar React da Pro edim. Qanday tushunsangiz tushunavering... Ammo hozir uni Junior darajasida ham bilmayman.

1 yildan beri har kuni WebGL, THREE.JS da Data visualization, CAE, GIS muammolariga solution qilishga harakat qilaman. Yechimlarni JavaScript da yozaman. Keyin runtime paytida hisob kitob ko'p talab qilinadigan ishlarni Rust da qayta yozib, Web Assemblerga compile qilaman.

Agar sizga Webgl da Game, Map, Web AR yechimlari kerak bo'lsa meni yollang. Ammo saytdagi animation lar yoki boshqa frontend ishlari uchun bezovta qilmang, baribir ishlamayman. Men ko'pincha geometrik algoritmlar bilan ishlayman. Menda bazi muammolar uchun shunday optimal yechimlar borki uni stackoverflow dan ham topa olmaysiz. Topadiganingiz ilmiy kitoblardagi matematik ifodalar bo'lishi mumkin. Men ham u yerdan topgamman va ular allaqachon kodga o'girilgan... Tayyor yechimim bo'lsama, alhamdulillah aqlim yetayapti, hal qilib berishga harakat qilaman.

Demak 1 yildan beri ishsizman. Orada 3 oy AxMapAE da ishladim. Dubayni kartasini qilishadi. U yerdan kettim va hozir yana ishsizman. Qiynalyapman, qarzga kirib kettim. Biroq baribir to'xtamoqchi yoki ortga qaytmoqchi emasman!
  • 🔥 56
  • 👍 16
More from @leph0
  1. Sep 22, 2026Kuchli bolalarga quvonch va mehr ulashamiz Uzcosmos agentligi va “Sen Kuchlisan” xayriya j…
  2. Sep 13, 2026Proximate...
  3. Sep 6, 2026Hello everyone! I’m building a level chunk builder with WebGPU using real-world geospatial…
  4. Jun 25, 2026🌍 Ohangaron suv omborida o‘tkazilgan media-tur davomida jurnalistlar va blogerlar suv omb…
  5. May 27, 2026Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin! @nuruddinblogs
  6. Apr 21, 2026🚀 Bizda yangi ish o‘rni ochildi! Jamoamizga yangi iste’dodlarni qidirmoqdamiz. Agar sizni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →