Kurash maydonidagi qotillik: Denovda taniqli polvonni pichoqlagan shaxsga hukm o‘qildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida o‘tkazilgan milliy kurash musobaqasida qotillik yuz bergan: vohaning taniqli polvonlaridan biri Nizomiddin Cho‘tboyev pichoqlanib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Polvonni 29 yoshli shaxs pichoqlagan. U ukasi kurashda Nizomiddin polvonning o‘g‘liga yengilganiga g‘azablangan.
Sud erkakni qasddan odam o‘ldirish jinoyatida aybli deb topdi. Unga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
👉 https://kun.uz/uz/18548017
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100570
9.07K

- 👍 34
- 😭 10
- ❤ 8
- 😐 6