«Telecom Soft»ning 10 mlrd so‘mlik tenderida bir manzildagi ikki kompaniya o‘zaro “raqobatlashdi”
«Telecom Soft» MCHJ yo‘l harakati qoidalarini avtomatik nazorat qilish tizimlari uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazdi. Loyihaning boshlang‘ich narxi 10 mlrd 316 mln so‘mni tashkil etgan. Tanlovda Xitoyning «HAC Smart Technologies» kompaniyasi 657 ming dollar taklifi bilan g‘olib deb topildi. Ikkinchi ishtirokchi —«HMN Smart» esa 698 ming dollar narx bilan zaxira g‘olibi sifatida qayd etilgan.
Yuqorida nomi keltirilgan ikki kompaniya bosh ofisi bir manzilda joylashgan, sayt menyulari, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari va loyihalar portfoliosi ham deyarli bir xil.
👉 https://kun.uz/uz/27567643
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100578
9.26K

- 😁 25
- ❤ 8
- 🤯 3
- 😭 3