Davaktiv rahbari “O‘zbekiston pochtasi”dagi Wildberries vakillari bo‘yicha izoh berdi
Sohibjon Murodov “O‘zbekiston pochtasi” Kuzatuv kengashidagi 9 ta o‘rindan 5 tasiga Wildberries vakillari tayinlanganini izohlarkan, buni pochta islohoti va WB'dan 360 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz olish rejasi bilan izohladi va UzPost WB'ga ishonchli boshqaruvga berilganini rad etdi.
Ma’lum qilinishicha, ma’muriy jarimalar haqidagi qog‘oz xatlardan voz kechilgach, pochta 50-60 mlrd so‘mlik daromadidan ayrilgan.
📹 MATBUOT ANJUMANIDAN RЕPORTAJ
Post #100471
11.3K

- 😁 23
- ❤ 8
- 🤯 2
- 😭 2
- 😐 1