Osiyo o‘yinlari kundaligi. O‘zbekiston bitta oltin bilan kifoyalandi va Hindistonni oldinga o‘tkazib yubordi
Olimpiada chempioni bo‘lgan kurashchi Razambek Jamalov birinchi bahsidayoq yutqazdi, Olimpiada finalchisi Svetlana Saidova (Osipova) esa Osiyo o‘yinlarida finalgacha yetib kela olmadi. Finalga chiqqan ikki o‘zbekistonlik – erkin kurashchi Sherzod Poyonov va taekvondochi Marat Mavlonov oltin uchun bahslarni boy berdi. Futbol jamoasi ham bronza uchun o‘yinda Xitoydan penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Kunning yagona oltin medali badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova tomonidan qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston bu safar 21 ta oltin qo‘lga kiritdi va Osiyo o‘yinlaridagi rekordini takrorlay olmadi. So‘nggi hafta davomida egallab turilgan to‘rtinchi o‘rin Hindistonga boy berildi (agar bu o‘rin saqlab qolinganida bu jamoaning turnirdagi eng yaxshi natijasiga aylangan bo‘lardi).
👉 https://kun.uz/uz/38405170
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100340
9.55K

- ❤ 14
- 🔥 5
- 👏 1