Obid Hakimov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
Obid Hakimov prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimini tark etdi va Prezident administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. U bu lavozimda Ilhom Sirojev o‘rniga tayinlandi (Sirojev qaytadan tashkil etilgan taʼlim va ilm-fan vazirligi rahbarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan).
Hakimovning o‘rniga esa Kamoliddin Mardonov (suratda o‘ngda) prezidentning iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi lavozimi sifatida ish boshladi.
👉 https://kun.uz/uz/61510607
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100346
9.95K

- 👍 105
- 🔥 50
- ❤ 34
- 👏 19
- 😁 2