Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida hududdagi vaziyat va yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr bildirar ekan, so‘nggi kunlarda kam uxlayotganini aytdi.
Davlat rahbari Andijonda havo yaxshi ekanini, biroq hududda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligi sababli o‘ylar uni qiynayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, prezident kecha suhbatlashgan oqsoqollardan birining “Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — O‘zbekiston” degan so‘zlarini alohida qayd etdi.
“Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim”, - dedi prezident.
Kun.uz rasmiy kanali