Toshkentda qo‘riqlash xizmati xodimi 6-sinf qizga shilqimlik qildi
Holat 15 sentyabr kuni Shayxontohur tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan. Taʼlim muassasasida shartnoma asosida qo‘riqlash xizmati xodimi bo‘lib ishlaydigan 23 yoshli yigit maktab binosida 6-sinf qizga shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sud huquqbuzarlik holatida jinoyat alomati bor, degan xulosaga kelib, yigitga nisbatan qo‘zg‘atilgan maʼmuriy ishni qayta surishtiruv olib borish uchun prokurorga jo‘natdi.
👉 https://kun.uz/uz/87295376
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100141
9.15K

- 🤯 59
- ❤ 6
- 😁 5
- 🤔 5
- 😐 4
- 👏 2