#Diqqat_tanlov
🚀«ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA» RESPUBLIKA TANLOVI BOSHLANDI
Yangi mahsulot, xizmat yoki jamiyatdagi muammolarga noan‘anaviy yechim topishga qaratilgan innovatsion g‘oyangiz bormi? Unda bu tanlov aynan Siz uchun! O‘z startap loyihangizni amalga oshirish uchun 100 million so‘mgacha grant mablag‘ini yutib olish imkoniyatidan foydalaning.
Universitetimiz talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining saralash bosqichiga arizalar qabul qilish boshlandi.
💡TANLOV SHARTLARI VA ISHTIROK ETISH TARTIBI:
🎓 Ishtirok etuvchilar: bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar.
👤 Ishtirok etish cheklovi: talaba muallif sifatida faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi mumkin. Jamoaviy loyihalarda esa ko‘pi bilan 2 ta loyihada jamoa a’zosi sifatida qatnashishiga ruxsat beriladi.
⚙️ Loyihaga qo‘yiladigan talablar: taqdim etilayotgan g‘oya innovatsion, amaliyotda qo‘llanish imkoniyatiga hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.
🏆 G‘OLIBLARNI MOLIYALASHTIRISH VA MUKOFOT MABLAG‘LARI:
Universitet ichki saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan 3 ta eng yaxshi loyiha respublika bosqichiga tavsiya etiladi.
Respublika bosqichi g‘oliblariga umumiy qiymati 300 million so‘mni tashkil etuvchi quyidagi bir martalik grant mablag‘lari ajratiladi:
🥇1-o‘rin (1 ta): 100 000 000 so‘m
🥈2-o‘rin (2 ta): 50 000 000 so‘mdan
🥉3-o‘rin (4 ta): 25 000 000 so‘mdan
(Ajratilgan grant mablag‘lari g‘oliblarning shaxsiy bank kartalariga o‘tkazib beriladi).
📅 HUJJATLARNI QABUL QILISH VA MUDDATLAR:
Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil 19-oktabrga qadar.
Taqdim etiladigan hujjatlar: belgilangan ariza va loyiha shabloni hamda taqdimot (prezentatsiya).
Saralash bosqichi: taqdim etilgan loyihalar saralash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, talabalar loyiha taqdimotini komissiya oldida himoya qiladilar.
📎 Tanlov 👉 nizomi saytimizda
📍Arizalarni topshirish joyi: Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi.
ℹ️ Batafsil ma’lumot va loyiha shablonlarini olish uchun:
📞 +99891 073-13-03
📱 @dostonbekdoniyarov
✨ Kreativ g‘oyangizni startapga aylantiring va o‘z loyihangiz uchun grantga ega bo‘ling!
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️
Post #14448
1.42K
