Bugun universitet tasarrufidagi “Nuriston” akademik litseyida “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Mashgʻulot davomida universitet axborot-resurs markazi xodimalari tomonidan mualliflik huquqi toʻgʻrisida keng tushuncha berildi. Shuningdek, kutubxonalar faoliyati, aʼzo boʻlish tartibi, oliygoh kitob fondi haqida ham aytib oʻtildi.
Oʻz navbatida, oʻquvchilarning huquqiy bilimi sinovdan oʻtkazildi. Ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️






