Qarshi davlat texnika universitetida yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Oʻzmilliybank” AJ viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Murodbek Ibodov, “Kelajakka qadam” markazi menejeri Dostonbek Suyunov, universitet talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Shavkat Suyunov, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Shavkat Nasimov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, ularning biznes gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Haq toʻlanadigan amaliyot haqida keng tushuncha berildi.
Taʼkidlanganidek, “Kelajakka qadam” dasturi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi, egallagan bilim va koʻnikmalarini amaliyotga tatbiq etishi, shuningdek, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish orqali iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️






