TGViewer
Qoʻqon davlat universiteti Qoʻqon davlat universiteti @kokand_su · 9.86K subscribers
Post #38949 1.45K
Xushxabar: Universitetimizning 4 ta ta’lim dasturi Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi!

Qo‘qon davlat universitetida ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish va global ilmiy makonda munosib o‘rin egallash borasidagi amaliy ishlarning navbatdagi muhim samarasi eʼtirof etildi.

Muhandislik, informatika, tabiiy fanlar va matematika ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro baholashga ixtisoslashgan Germaniyaning nufuzli ASIIN (Accreditation Agency for Degree Programmes in Engineering, Informatics, Natural Sciences and Mathematics) agentligi tomonidan universitetimizning quyidagi ta’lim yo‘nalish va mutaxassisliklari rasman xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi:

Bakalavriat yo‘nalishlari:

60530100 – Kimyo
60510100 – Biologiya

Magistratura mutaxassisliklari:

70530104 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
70510105 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)

Mazkur e’tirof ta’lim sifati va o‘quv rejalarining Yevropa standartlariga to‘liq mosligini tasdiqlab, bitiruvchilarimizga jahon mehnat bozori hamda nufuzli xorijiy oliygohlar eshiklarini ochadi, shuningdek, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro akademik almashinuv imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Universitetimiz jamoasi, barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar va magistrantlarni ushbu nufuzli yutuq bilan muborakbod etamiz!

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
  • 👏 19
  • 👍 8
  • 🎉 1
More from @kokand_su
  1. Oct 17, 2026Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga ariza berish tartibi Davlat oliy…
  2. Oct 17, 2026UniverNews | Qo‘qon davlat universitetida “Yosh faylasuflar” to‘garagi o‘z ishini boshladi…
  3. Oct 17, 2026#Nazm #Choʻlpon #IjodkorTalaba Goʻzal — Choʻlpon sheʼri Gulsanam Erkayeva, Gumanitar fanla…
  4. Oct 17, 2026#diqqat_tanlov “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovi davom etmoqda! TUBITAK bilan…
  5. Oct 17, 2026UniverNews | Kasbiy ko‘nikmalarni amaliyotda mustahkamlayotgan talabalar Qo‘qon davlat uni…
  6. Oct 17, 2026Xalqaro akkreditatsiya — ta’lim sifatining e’tirofi va yangi imkoniyatlar mezoni Qo‘qon da…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →