TGViewer
Channel Public Channel
Qoʻqon davlat universiteti
Subscribers
9.91K
Photos
31.2K
Videos
3.4K
Links
15.5K
Recent Posts 20 shown
Post #38886 1.68K
Talabalar mamnunmi? Yangi talabalar turar joyidan reportaj

Qo‘qon davlat universitetida yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi talabalar turar joyi yoshlarning qulay yashashi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun xizmat qilmoqda.

Zamonaviy sharoitlar va zarur infratuzilma — barchasi talabalar hayoti va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
  • 🎉 8
  • 👍 6
  • 👌 3
Post #38885 1.23K

Forwarded from Edu.uz

#diqqat_tanlov

Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Kimlar qatnashadi: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalari.

Bosqichlar:
Saralash. Har bir OTMda o‘tkaziladi va eng yaxshi 3 ta g‘oya keyingi bosqichga chiqadi.
Respublika bosqichi. Bu bosqichda g‘oliblar aniqlanadi.

Grantlar (jami 300 mln so‘m):
1-o‘rin (1 ta) — 100 mln so‘m;
2-o‘rin (2 ta) — 50 mln so‘mdan;
3-o‘rin (4 ta) — 25 mln so‘mdan.


✅ Shartlar:

▶️ Arizalarni e’londan keyin bir oy ichida o‘zingiz tahsil oladigan OTM saralash komissiyasiga topshirasiz.
▶️ Bir talaba muallif sifatida faqat 1 ta loyiha bilan, jamoa a’zosi sifatida esa ko‘pi bilan 2 ta loyihada qatnashishi mumkin.

Loyihalar komissiya oldida taqdimot shaklida himoya qilinadi.
G‘oliblar yanvar oyining oxirgi 10 kunligida taqdirlanadi. Ular venchur fondlar, investorlar va akseleratorlar bilan tanishtiriladi.


✅Tanlov nizomi

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
  • 👏 4
  • 👍 2
  • 🤩 1
Post #38884 1.98K
#9 | Koinot qanchalik katta? Kelajakda insoniyat boshqa sayyorada yashashi mumkinmi?

Butunjahon kosmik fazo haftaligi (4–10-oktabr) munosabati bilan “Tafakkur” podkastining yangi sonida Qo‘qon davlat universiteti Fizika va astronomiya kafedrasi dotsenti, astronom Feruzaxon Dadaboyeva bilan koinot sirlari, zamonaviy kashfiyotlar va talabalarimizning astronomiyaga boʻlgan qiziqishlari haqida suhbatlashdik.

Koinot haqidagi bilimlaringizni kengaytirishga tayyormisiz?

Hoziroq YouTube sahifamizda tomosha qiling!

Havola:
https://youtu.be/BpjSTqWTKhs?si=3SpIGNvPLBQKr5HY

#TafakkurPodkast #KosmikFazoHaftaligi

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 8
  • 👏 3
  • 👌 1
Post #38883 1.82K

Forwarded from Edu.uz

#Xalqaro_olimpiada

🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida biologiya fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Biology Olympiad (ABIBO) tashkil etilmoqda.

🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

📍 O‘tkazilish joyi: Samarqand davlat universiteti
📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 9–13-dekabr

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 5
  • 👌 2
  • 🤩 1
Post #38881 2.96K
Universitetimiz tarixini bilasizmi?

Qo‘qon davlat universitetining tarixini qanchalik yaxshi bilasiz? Universitetimizning 1931-yildan boshlangan tarixi, avvalgi nomlari va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan olimlari haqida talabalarga savollar berdik.

Talabalarimiz savollarga qanday javob berishdi? Videoni tomosha qiling va siz ham o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!

Siz universitetimiz tarixiga oid yana qanday qiziqarli ma’lumotlarni bilasiz? Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring.

#95Yil #UniversitetTarixi

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 7
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🤩 1
Post #38880 1.44K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
  • 👍 3
Post #38879 1.07K

Forwarded from Edu.uz

#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 3
Post #38878 2.06K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🎉 4
  • 👍 3
  • 👏 1
Post #38877 1.53K

Forwarded from Yoshlar.edu.uz

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

✅Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

📌 Batafsil tanlov nizomi

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 15-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Post #38876 1.51K

Forwarded from Edu.uz

#Ogohlik #Kiberxavfsizlik

⚠️ Kiberxavfsizlik: Telefoningizni firibgarlardan himoya qiling!

Hurmatli foydalanuvchilar!

Telefoningiz va shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida Google Play orqali “Apk Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish tavsiya etiladi.

Mazkur ilova telefoningizga kelayotgan APK va boshqa fayllarni tekshirish, shubhali yoki zararli fayllarni aniqlashda himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, Telegram va boshqa messenjerlar orqali yuboriladigan nomaʼlum APK-fayllar, shubhali havolalar va begona dasturlarni ochishda ehtiyot bo‘ling. Ular shaxsiy maʼlumotlaringiz, bank kartalaringiz va akkauntlaringiz xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

❗️ Unutmang! Hech qanday ilova firibgarlikdan 100 foiz himoya qilishni kafolatlamaydi. Eng ishonchli himoya — xavfsizlik vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, hushyorlik va raqamli savodxonlikdir.

🇺🇿 IIBB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 1
Post #38875 1.98K
🤩🤩🤩

“Maqsadim — jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida qatnashish” — Qo‘qon davlat universiteti talabasi Zikrullo Muhammadjonov

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 4
  • 👏 1
Post #38872 1.56K

Forwarded from Digital.uz

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing!

🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 👍 1
Post #38871 1.6K
#Qabul2026 #QoʻshmaTaʼlim

Qo‘qon davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlaridagi vakant o‘rinlarga qabul davom etmoqda!

BAKALAVRIAT

🇨🇿Chexiya
Bank ishi
Iqtisodiyot

🇷🇺Rossiya
Maxsus pedagogika: Logopediya
Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
Boshlang‘ich ta’lim

🇰🇿Qozog‘iston
Amaliy san’at (badiiy kulolchilik)

MAGISTRATURA

🇨🇿Chexiya
Ta’limda axborot texnologiyalari

🇷🇺Rossiya
Maxsus pedagogika: Logopediya
Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)

🇧🇾Belarus Respublikasi
Psixologiya

🇰🇿Qozog‘iston
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti

QABUL TARTIBI
Qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:
✅ 1-bosqich — mutaxassislik fanlari bo‘yicha suhbat.
✅ 2-bosqich — ta’lim olib boriladigan xorijiy til bo‘yicha test sinovi.

📌 Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi: https://kokandsu.uz/joint_education

Murojaat uchun:
☎️ +998 90 343 48 65
☎️ +998 90 380 79 79
☎️ +998 91 694 01 55
📲 Telegram: https://t.me/+kU6aUeTs57YzODNi

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
Post #38869 1.5K
Is gazi hayot uchun xavfli!

Ushbu videoda Sizni va yaqinlaringizni is gazidan zaharlanishni oldini olishga yordam beradigan asosiy tavsiyalar bayon etilgan.

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
Post #38868 2.2K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 15
  • 👏 4
  • 🎉 2
  • 🤩 2
  • 👌 2
Post #38867 1.87K

Forwarded from Edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqida mutaxassislar, ilmiy tadqiqotlar va kuchli texnologik kompaniyalarga boʻlgan ehtiyoj haqida soʻz yuritib, tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda texnologik tadbirkorlik uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishni taklif qildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @kokand_su without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Qoʻqon davlat universiteti: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Qoʻqon davlat universiteti have?
Qoʻqon davlat universiteti (@kokand_su) has 9.91K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Qoʻqon davlat universiteti know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →