TGViewer
Qoʻqon davlat universiteti Qoʻqon davlat universiteti @kokand_su · 9.87K subscribers
Post #38925 1.26K

Forwarded from Edu.uz

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi.

Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan.

“Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 1
More from @kokand_su
  1. Oct 16, 2026#Statistika #Bilarmidingiz 🎓Oʻzbekistonda eng koʻp talabalar 19 yoshda Milliy statistika…
  2. Oct 16, 2026#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyo…
  3. Oct 16, 2026#JumaMilliyLiboslarKuni #MilliyLiboslar Milliy qadriyatlarimizga ehtirom Qo‘qon davlat uni…
  4. Oct 15, 2026Post #38938
  5. Oct 15, 2026Post #38937
  6. Oct 15, 2026UniverNews | Kimyo laboratoriyasi — bilim tajriba bilan, g‘oya esa izlanish bilan yuksalad…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →