TGViewer
Qoʻqon davlat universiteti Qoʻqon davlat universiteti @kokand_su · 9.88K subscribers
Post #38940 988

Forwarded from Edu.uz

#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @kokand_su
  1. Oct 16, 2026UniverNews | Istiqbolli innavatsion loyihalar saralanmoqda Qo‘qon davlat universitetida «E…
  2. Oct 16, 2026UniverNews | “Ona tilim — dilim navosi” konsert dasturi o‘tkazildi Qo‘qon davlat universit…
  3. Oct 16, 2026💳 Zoomrad ilovasida Baraka kartasini bir zumda faollashtiring! Ilovaga kartangizni tez va…
  4. Oct 16, 2026#Statistika #Bilarmidingiz 🎓Oʻzbekistonda eng koʻp talabalar 19 yoshda Milliy statistika…
  5. Oct 16, 2026#JumaMilliyLiboslarKuni #MilliyLiboslar Milliy qadriyatlarimizga ehtirom Qo‘qon davlat uni…
  6. Oct 15, 2026Post #38938
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →