TGViewer
Qoʻqon davlat universiteti Qoʻqon davlat universiteti @kokand_su · 9.91K subscribers
Post #38892 1.1K
Erkinjon Turdimov: Taʼlimdagi har bir oʻzgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda yoshlar, oʻquvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni oʻrganish, ularning dardini eshitish, sifatli taʼlim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bola bogʻchaga borishi, oʻquvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda oʻz oʻrnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Oʻqituvchining jamiyatdagi obroʻsi va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, oʻz ustida ishlashi va bor eʼtiborini taʼlimga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Erkinjon Turdimov muammolarni sanab oʻtish bilan cheklanmasdan, har biri boʻyicha amaliy yechim qilish zarurligini taʼkidladi. Xodimlarga oʻquvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy oʻzgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qoʻyildi.

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 2
  • 👏 2
More from @kokand_su
  1. Oct 12, 2026❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Ya…
  2. Oct 12, 2026Qo‘qon davlat universitetining 1-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari diqqatiga!…
  3. Oct 12, 2026Yangi Toshkentda taʼlim va tibbiyot xizmatlari shaharsozlikning muhim qismi boʻladi Yil ox…
  4. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  5. Oct 12, 2026🏆 ҚЎҚОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИНИНГ SCOPUS TOP-30 ОЛИМЛАРИ 📊 Scopus халқаро илмий базасидаги…
  6. Oct 12, 2026#OGOHLIK #bilasizmi ❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va bosh…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →