TGViewer
Qoʻqon davlat universiteti Qoʻqon davlat universiteti @kokand_su · 9.9K subscribers
Post #38891 1.82K
Qo‘qon davlat universitetining 1-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qabul komissiyasining 2026-yil 25-sentabrdagi 7-son bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishi va talabalar safiga qabul qilish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishning yakuniy muddati 2026-yil 1-noyabr etib belgilangan.

Shu munosabat bilan barcha 1-bosqich talabalaridan belgilangan muddatgacha to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish, talabalar safiga qabul qilish uchun zarur hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirish hamda to‘lov va hujjatlar holatini fakultet dekanatlari orqali aniqlashtirish so‘raladi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandlaringizning to‘lov-kontrakt to‘lovlari va qabul hujjatlari belgilangan muddatda rasmiylashtirilishini nazorat qilishingizni so‘raymiz.

Eslatma: 2026-yil 1-noyabr — belgilangan yakuniy muddat. To‘lovlarni amalga oshirish va hujjatlarni rasmiylashtirishni oxirgi kunga qoldirmang!

Qo‘qon davlat universiteti ma’muriyati

Bizdan uzoqlashmang

Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 2
More from @kokand_su
  1. Oct 12, 2026UniverNews | Kelajak qizlari: ilm, innovatsiya va yetakchilik 11-oktyabr — Xalqaro qizlar…
  2. Oct 12, 2026🤩🤩🤩 Qo‘qon davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in pallada! Talabala…
  3. Oct 12, 2026UniverNews | Sun’iy intellekt imkoniyatlari muhokama qilindi Bugun Pedagogika va psixologi…
  4. Oct 12, 2026#Eʼlon #Maʼrifat_ulashib #KokandSU 📖Qoʻqon davlat universitetiga "Maʼrifat ulashib" loyih…
  5. Oct 12, 2026Qoʻqon davlat universiteti vakillari kulgi saylida olqishlarga sazovor boʻldi Toshkent sha…
  6. Oct 12, 2026Post #38894
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →