TGViewer
Qoʻqon davlat universiteti Qoʻqon davlat universiteti @kokand_su · 9.87K subscribers
Post #38548 2.18K

Forwarded from Edu.uz

#Qonunchilik_yangiliklar

❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.

🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.

📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.

❌ Chegirma:
▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida;
▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ;
▪️qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
▪️xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida;
▪️ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

👨‍👩‍👧‍👦 Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.

📝 Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.

📲 Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi.

⏳Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

📌 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.

❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 3
More from @kokand_su
  1. Oct 16, 2026UniverNews | Istiqbolli innavatsion loyihalar saralanmoqda Qo‘qon davlat universitetida «E…
  2. Oct 16, 2026UniverNews | “Ona tilim — dilim navosi” konsert dasturi o‘tkazildi Qo‘qon davlat universit…
  3. Oct 16, 2026💳 Zoomrad ilovasida Baraka kartasini bir zumda faollashtiring! Ilovaga kartangizni tez va…
  4. Oct 16, 2026#Statistika #Bilarmidingiz 🎓Oʻzbekistonda eng koʻp talabalar 19 yoshda Milliy statistika…
  5. Oct 16, 2026#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyo…
  6. Oct 16, 2026#JumaMilliyLiboslarKuni #MilliyLiboslar Milliy qadriyatlarimizga ehtirom Qo‘qon davlat uni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →