2026-yilgi Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti kanadalik yozuvchi Enn Karsonga "mumtoz an'analar bilan erkin muloqotga kirishib, zamonaviy adabiyot uchun yangi shakllarni yaratgan dadil va novatorona ijodi uchun" topshirildi.
Enn Karson o'zining butun faoliyati davomida she'riyatni tarjimonlik ishi va turli universitetlardagi o'qituvchilik faoliyati bilan uyg'unlashtirib kelgan. Uning deyarli barcha adabiy asarlari tilshunosning so'zlarga bo'lgan kuchli qiziqishi va shoirning yangi ma'nolar yaratishga bo'lgan ishtiyoqi tutashgan nuqtaga qaratilgan. Yozuvchining o'zi ham barcha asarlarining boshlang'ich nuqtasi sifatida so'zlar etimologiyasini e'tirof etgan.
P.S: Shunaqa gaplar. Zerikarli narsalar yozadigan opaga o'xshayapti
Post #23544
1.53K

- 😁 53
- ❤ 9
- 🔥 8
- 👍 3
- 👏 1