Maslahatlardan keyingi xulosa 🗒
Yuqoridagi mavzuda ko'p insonlar o'zlarini caselarini aytib o'tishdi, maslahatlar berishdi, yopiq guruhlarda ham bu mavzu ustida ko'p suhbatlar bo'ldi, kimdur aynan shu davrni men kabi boshidan o'tkazayotganini ta'kidladi. Men yolg'iz emasligimdan, dardimga sherik bo'lgan "darddoshlarim" borligidan qanaqadir ma'noda xursand bo'ldim. Chunki qanday inson bo'lishingizdan qat'iy nazar odam hohlamasa ham o'zini boshqalarga solishtiradi. Birinchi qaraganda, atrof-muhitda hamma nimadir qilayotgandek, hamma zo'r bo'lib ketgandek, kezi kelsa Mirshakar aytganiga o'xshab "kimdur soqqa qilyapti" degan hayollarga borardim 😅, yo'q unday emas ekan. Bu shunchaki krizis davri va FOMO ekan, nasib qilsa bu krizisdan ham chiqib ketarmiz.
Endi maslahatlarga kelsak, ba'zilar hazilomus maslahatlar berishdi, ba'zilar tog'ri tushunib jiddiy maslahatlar berishdi, lekin ba'zilar bergan maslahatlar menga sal g'alati tuyildi. Oddiyroq mizol qilib aytadigan bo'lsak "men hovuzda suzolmayapman, oxirgi marotaba qachon suzishga harakat qilib ko'rganimni bilmayman desam, ko'lda suzishni o'rganib ko'ring, keyin hovuzda suzishni o'rganib ketasiz" degan ma'noda bo'ldi 😬 Tog'risi bunisi sal g'alati bo'ldi menga, balki shunchaki tushunmovchilikdir.
Asosiysi, ba'zi maslahatlarda boshqa sohani o'rganib ko'ring, asosiy ishga umuman aloqasi bo'lmagan deyildi. Shu maslahatlardan birida "Embedded"ni o'rganib ko'ring deyishdi. Ya'ni oddiyroq aytsak mikrokontrollerlar bilan ishlashni o'rganishni taklif qilishdi. AI davrida, ko'p ishlarni qo'l bilan qilmagandan keyin siqilib qolmaslik uchun, nimadir qurish (qura olish) xissi qaytishi uchun ba'zilar shu yo'ldan ketishimni aytishdi. Kichik researchlar o'tkazib ko'rdim, umuman olganda qiziq soha ekan. Men universitetda 1 semestr o'qiganimizdan keyin unch qiziqmagandim, baribir akademik sabab bilan o'rganish bilan, qiziqish bilan o'rganishni farqi bor. Hozircha shu yo'nalishga kirib ko'rmoqchiman, lekin nimadan va qanday qilib boshlash bo'yicha tuzzukroq rejam yo'q.
Agar oramizda bu soha mutaxasislari, qiziqganlar, o'rganganlar, yoki entuziastlar bo'lsa iltimos izohlarda o'z maslahatlaringizni qoldiring.
@khumoyun_codes
Post #965
1.71K
- 👍 9
- ❤ 1