Nimanidir o'zgartirish kerak
Ba'zida o'ylab qolaman, men rostanam ham injiniringga qiziqamanmi o'zi? Youtubeimga kirsangiz hech qanday dasturlashga, AIga yoki umuman sohamga aloqasi bo'lgan kontent yo'q, barchasi qandaydir texnikaga, devicelarga, siyosiy yangiliklar va hkzlarga to'la. Oxirgi martta, soham vakillari bo'lgan insonlar bilan qandaydir interview yoki suhbatni to'liq o'tirib ko'rganimni eslolmayman. Ishdan tashqi vaqtda dasturlashga, nimadir g'oyani yangilashga hohishim yo'q. Faqatgina majburligimdan o'rganayapman ba'zi narsalarni, AI bo'ladimi boshqa bo'ladimi, "basic need"larimni yopsa bo'ldi.
Ishimniyam sevmay qo'ydimmi bilmadim, unga faqat oylik vositasi sifatida qarayman, ishini sevgan inson ishlab maza qiladi, kod yozib maza qiladi, kod yozmayapgan bo'lsa ham qurayotgan ilovasi, loyihasidan maza qiladi, men bu tuyg'uni his qilmay qo'yganimga ancha bo'ldi. Dofamin faqatgina oylik tushganda, tushgan maoshni o'zimga yoki oila a'zolarimga sarflaganimda ko'tariladi.
Hardoim shunday bo'lganmi yo'qmi bilmadim, lekin oldin menimcha ko'proq sohamga qiziqardim, ko'proq kimdan nimadan bo'lsa ham o'rgangim kelardi, kammi ko'pmi, tezmi sekinmi nimanidir o'rganardim. Ko'zlardagi olov o'chishiga nima sabab bo'ldi? Ish har kungi "rutina"ga aylanib qolganimi? Dangasalikmi? AI orqali ishlarim bitib ketayotganimi? Komfort zo'nasimi? Bilolmay qoldim.
Passion (zavq, ehtiros) yo'q, enthusiasm (ishtiyoq) yo'q, shunchaki ish, shunchaki pul keltiruvchi vosita...
Siz hech shunday narsa haqida o'ylab ko'rganmisz? Sizga ham atrofdagi barcha sohasini sevuvchi, ishidan kayf olib ishlaydiganlaru, siz esa shunchaki qora qozonni qaynashi uchun yurgandek bo'lganmisz? Yoki menda shunchaki burnout yoki ish depressiyasi bo'lyaptimi? 🧐 Iloji bo'lsa o'zingizni holatingizdan kelib chiqib yozib keting.
Nimanidir o'zgartirish kerak, lekin nimani?
#tungiDepressiya
@khumoyun_codes
Post #964
2.01K
- 💯 34
- ❤ 5
- 😢 5