AI va ML sohasini haqiqatan ham chuqur o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Yandex ML School Uzbekistan’da qabul yopilishiga 5 kun qoldi.
Bepul bir yillik dastur doirasida sizga matematik bazani mustahkamlash, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlari bo‘yicha bilim beriladi. Qo‘shimcha ravishda, texnologik kompaniyalar ekspertlari ishtirokida vorkshoplar ham o‘tkaziladi.
Darslar kechki payt Toshkentda oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Jami 35 ta o‘rin mavjud. Qabul uchun saralovdan o‘tish kerak — buning uchun universitetning 1–2-kurs darajasidagi matematika va dasturlash bo‘yicha bilimlar talab etiladi.
Shaxsan men bunday dasturlarga qiziqish bilan qarayman: bu yerda shunchaki prompt yozish bo‘yicha turli xaklar to‘plami emas, balki mustahkam baza va amalda qo‘llanadigan ko‘nikmalar beriladi.
Arizani 9-sentabrgacha havola orqali topshirish mumkin.
@khumoyun_codes
Post #963
2.68K

- ⚡ 5
- ❤ 3
- 🔥 1