Jizzax viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari bilan hamkorlikda kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida internet firibgarligi, soxta xabarlar, shubhali havolalar va zararli ilovalardan himoyalanish choralari tushuntirildi.
Shuningdek, “APK Qo‘riqchi” dasturi haqida ma’lumot berilib, undan foydalanish orqali mobil qurilmalar va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77527
1.56K







- 👍 3
- 🔥 1